• Mavjud vaziyat
  • MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
  • Avtotransport vositalari servisi asoslari




    Download 9,4 Mb.
    bet156/162
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,4 Mb.
    #228444
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   162
    Bog'liq
    avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

    Muammoli topshiriq: guruh talabalarini 3 yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib ular orasida moylash tizimini nosozliklari va ularni bartaraf qilish topshirig’i beriladi. Bu masala yuzasidan har bir talabani o’z fikrini bildiradi. Ular quyidagi holatlarga fikr bildirishadi. Moylash tizimidagi moy bosimini pasayib ketish sabablarini ko’rsating. Moylash tizimidagi moy bosimi nima uchun ortib ketadi?. Markazdan qochma filtrni ifloslanish darajasini qanday aniqlash mumkin? Moylash tizimida moylash sifatini nimaga bog’liq? Moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasini keltiring.


    Mavjud vaziyat


    Yonilg’i ta’minot tizimining asosiy nosozliklari: zichlikning buzilishi, yonilg’i baki va trubkalaridan yonilg’ining oqishi, tezlatuvchi nasosning ishlamasligi tufayli drossel qopqog’ini birdaniga ochilganda dvigatelning bo’g’ilib ishlashi, yonilg’i va havo tozalagichlariningifloslanishi, kalibrlangan teshik va jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyatining o’zgarishi, salt yurish jiklyorlarining ifloslanishi, ignali klapan zichligining buzilishi, po’kakli kamerada yonilg’i sathining o’zgarishi, yonilg’i nasosidagi diafragmaning teshilishi va prujina elastikligining yo’qolishidan iborat.
    Muammoli topshiriq: guruh talabalarini 3 yoki 4 ta kichik guruhlarga bo’lib ular orasida yonilg’i bilan ta’minlash tizimini nosozliklari va ularni bartaraf qilish topshirig’i beriladi. Bu masala yuzasidan har bir talabani o’z fikrini bildiradi. Ular quyidagi holatlarga fikr bildirishadi. Ta’minlash tizimini germetikligini buzilish sabablari haqida. Karbyuratorni qismlarga ajratish va yig’ish bo’yicha. Karbyuratorni sifat va miqdor bo’yicha sozlashni. Karbyuratorda boy aralashma hosil bo’ladi bu nimaga olib keladi va uni bataraf qilish bo’yicha fikrlaringiz. Karbyuratorda kambag’al aralashma hosil bo’ladi bu nimaga olib keladi va uni bataraf qilish bo’yicha fikrlaringiz.
      1. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI


    “Avtotransport vositalari servisi asoslari” bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
    Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
    Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
    Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini
    tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
    “Avtotransport vositalari servisi asoslari” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 7 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.



    Download 9,4 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   162




    Download 9,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtotransport vositalari servisi asoslari

    Download 9,4 Mb.