|
Avtotransport vositalari servisi asoslari
|
bet | 150/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)Muammoli savol: Avtoservis korxonasi raqobatbardoshlik darajasini oshirishning qanday asosiy yo’nalishlarini bilasiz? Avtomobillar servisi sifatini ta’minlovchi qanday huquqiy-me’yoriy hujjatlar mavjud?
Mavjud vaziyat
Mijozning ishonchini, xohishini va servis xizmatiga ehtiyojini oshirish uchun xizmat madaniyatini yuqori darajaga ko’tarish lozim. Xizmat madaniyatining asosiy elementi bo’lib, xizmat ko’rsatish xodimlarining malakaviy axloqi hisoblanadi. Xizmatning estetik madaniyati–xizmat ko’rsatish estetikasi, interer, xodimning estetik qiyofasidan iborat.
Muammoli savol: xodimlarni malakaviy axloqi deganda nimani tushanasiz va uni yaxshilash uchun qanday takliflar bera olasiz? Xizmatning estetik madaniyatini qanday turlarini bilasiz? Xizmat ko’rsatish estetikasi mijozning korxonaga kelishiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Xodimning estetik qiyofasi qanday bo’lishi lozim?
Mavjud vaziyat
Avtoservis korxonasi o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, mijozlarni jalb qilish, o’zining raqobatbardoshlik afzalliklarini oshirish uchun ishlab chiqarishni rivojlantiradi, ilg’or texnologiyani qo’llaydi, xizmat ko’rsatishning yangi shakllarini taklif etadi.
Muammoli topshiriq: Avtoservis korxonasi o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, mijozlarni jalb qilish uchun sizning fikringizcha qanday ishlarni amalga oshirish lozim?
Mavjud vaziyat
Avtoservis sifatiga mijozlar qo’yadigan talablar davlat qonunlarida aks ettirilsa, ularning bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi.
Muammoli topshiriq: Avtomobillar servisi sifatini ta’minlovchi qanday huquqiy-me’yoriy hujjatlar mavjud va ularni ishlatish tartibini ko’rsating. Bu hujjatlar asosida avtoservis korxonalarini rivojlantirish mohiyatini tushuntirib bering. Mavjud avtoservis korxonalaridagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarni yuritish tartibini tahlil qiling va o’zingizni xulosa va takliflaringizni bildiring.
|
| |