|
Diagnostikalashning umumiy jarayoni
|
bet | 49/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)Diagnostikalashning umumiy jarayoni ob’ektning berilgan kuch, tezlik va issiqlik (r,v,t) tartibotlarida funktsional (ob’ektning ishlash jarayonida) yoki test ta’sirida (ob’ektning sun’iy ishlashi tashkil etilib) olib boriladi. Diagnostik parametrlar o’zgarishini texnik diagnostikalash vositalari yordamida o’lchanadi hamda olingan axborotni me’yoriy qiymat bilan taqqoslab, mantiqiy ishlov berish asosida diagnoz qo’yishni o’z ichiga oladi, ya’ni quyidagi ketma-ketlikda bajariladi (6.1-rasm):
ob’ektga funktsional yoki test ta’sirlari o’tkazish;
diagnostik parametrlarni o’lchash;
olingan axborotga ishlov berish;
—me’yoriy qiymat bilan taqqoslash va diagnoz qo’yish.
rasm. Texnik diagnostilalashni umumiy jarayoni
Diagnostik me’yorlar. Avtomobil texnik holatini aniqlash uchun diagnoz qo’yish vositalari yordamida o’lchangan diagnostik parametr miqdorlarini me’yoriy miqdorlar bilan taqqoslash kerak. Diagnostik me’yorlarga quyidagilar kiradi (6.2-rasm):
Boshlang’ich me’yor (Sb ) - yangi, texnik soz ob’ektlar texnik holati xarakteristikasi diagnostik parametr miqdoriga mos keladi va ekspluatatsiya sharoitlarida shu me’yorga mos keltirish uchun ob’ektni sozlaydilar yoki ta’mirlaydilar. Boshlang’ich me’yor texnik hujjatlarda keltiriladi.
CHegaraviy me’yor (Sch ) - ob’ektning shunday texnik holatiga mos keladiki, bu sharoitda texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan ob’ekt ekspluatatsiyasini davom ettirish maqsadga muvofiq emas. Bu me’yor davlat standartlari talablarida va texnik hujjatlarda keltiriladi.
Yo’l qo’yilgan me’yor (Syq ) - davriy diagnostika jarayonida asosiy diagnoz qo’yish me’yori bo’lib hisoblanadi. Yo’l qo’yilgan me’yor asosida ob’ekt holatiga diagnoz qo’yiladi va ekspluatatsiyani davom ettirish, profilaktik ta’sir yoki ta’mirlash ishlari bo’yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
|
| |