• Nazorat diagnostikasi (Dn)
  • Texnologik diagnostika (Dt)




    Download 9,4 Mb.
    bet52/162
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,4 Mb.
    #228444
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   162
    Bog'liq
    avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

    Texnologik diagnostika (Dt) servis kitobchasida ko’zda tutilgan va mijoz buyurtmasiga asoslanib nazorat-sozlash ishlarini va qo’shimcha bajariladigan ishlar hajmini aniqlash uchun texnik servis ustaxonalarida o’tkaziladi. Servis ishlarini bajarishda diagnostik jihozlarni qo’llash ko’pgina nazorat - sozlash ishlarining hajmini kamaytiradi, ularning sifatini oshiradi, ya’ni agregat yoki tizimlarni sababsiz bo’laklarga ajratilmaganligi. SHuning uchun servis ishlari o’tkaziladigan ustaxona va mintaqalar o’ziga tegishli diagnostik vositalar bilan jihozlanishi kerak, ya’ni qotirish ishlarini nazoratlash uchun dinometrik kalit, sozlash ishlari bo’yicha: shchup (tirqishlarni o’lchash uchun); lyuft o’lchagichlar; chizg’ich;
    manometr; indikator; motor-testr; skayner va boshqa o’lchov asboblari.
    Nazorat diagnostikasi (Dn) avtomobil, uning agregat va tizimlari bo’yicha bajarilgan servis ishlari sifatini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bajarilgan texnik ta’sir ishlarining sifati, hajmi ASKda mavjud diagnostik jihozlar yordamida tekshiriladi, masalan avtomobilning tormoz tizimi samaradorligi, tortish sifatlari, harakat xavfsizligini ta’minlovchi mexanizmlar, ishlatilgan gazlar tarkibi va boshqa diagnostik parametrlar baholanadi. Lekin diagnostik parametrlar soni iloji boricha chegaralangan bo’lishi kerak. Diagnostik jarayonda tekshiriladigan diagnostik parametrlar, servis ishlari bajarilgandan so’ng avtomobilning agregat yoki tizimini ekspluatatsiyaga “yaroqli” yoki “yaroqsiz”ligi bo’yicha olinadigan ma’lumotga asoslanishi kerak.

    3. Servis korxonalarida diagnostikalash ishlarini tashkil etish


    Avtomobillarni hamda ularning agregat va mexanizmlarini buyurtmali diagnostikalash ishlari ASKning maxsus diagnostika ustaxonasida va postlarida chuqurlashtirilgan holda o’tkaziladi. Uning vazifasi avtomobilning tortish sifatlari va iqtisodiy ko’rsatkichlarini nazorat qilish, servis hamda joriy ta’mirlashga bo’lgan ehtiyojini aniqlashdir. SHuning uchun ustaxona kerakli diagnostik vositalari, ya’ni avtomobillarning tortish xususiyatlari, tormoz tizimining samarodorligi, boshqarish g’ildiraklarini joylashish burchagini aniqlovchi jihozlar, dvigatelni diagnostikalash skayneri, motor-tester, farani tekshiruvchi asbob va boshqa diagnostik vositalar hamda ko’targich va siqilgan havo
    tarqatish tizimi bilan jihozlanishi kerak (6.5-rasm). Ustaxonaning diagnostik majmualari “Texnologik jihozlar va maxsus asboblar ro’yhati”ga binoan ASKning quvvatiga (ishchi postlar soniga) asosan jihozlanadi.
    Maxsus diagnostika ustaxonasida mayda nosozliklarni bartaraf etishga va ayrim detallarni (maxsus moslamalarsiz) almashtirish mumkin. Bundan tashqari, diagnostik jarayoniga ta’sir etmaydigan texnik ta’sir (normallarni almashtirish, qotirish) amallariga hamda diagnostikani tashkil etish uchun zarur bo’lgan (fara va boshqa tizimlar nazorat lampochkalarini, elektr saqlagichlarni va boshqalarni almashtirish) ishlarini bajarishga ruhsat etiladi. Agar diagnostikalash jarayonida nosozlik aniqlansa va uni bartaraf etish uchun maxsus moslamalar kerak
    bo’lsa yoki bartaraf etish mehnat hajmi katta (0,5 ishchi-soatdan undan yuqori) bo’lsa, avtomobil kerakli ustaxonaga yuboriladi.


    Download 9,4 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   162




    Download 9,4 Mb.