“Ўзавтосаноатсевис” компаниясига тегишли




Download 9,4 Mb.
bet60/162
Sana13.05.2024
Hajmi9,4 Mb.
#228444
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   162
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

“Ўзавтосаноатсевискомпаниясига тегишли


Россия ва бошқа давлатлар-даги дилерлик тармоқ станциялари



Автомобилларга хизмат кўрсатиш бозори


Хусусий сектор автосалонлари ва техник хизмат


1-rasm. Avtomobillarga xizmat ko’rsatish bozori qatnashchilari.


Toshkent shahrida esa yo’lovchilar tashishning asosiy qismini “Mersedes-Bents” kompaniyasi avtobuslari bajarmoqda. SHubhazsiz “UzDEUAvto” yengil avtomobilari hamda “Mersedes-Bents” kompa-niyalari avtobuslari o’zlarining texnik jihatdan mukammalligi, qulayligi, ishonchliligi, tejamkorligi va boshqa jihatlari bilan ilgarigi transport vositalaridan afzalliklarini isbotladi.
Bu avtomobillar bilan birga ularning avtoservis xizmatlari ham respublikamizga kirib keldi.
2-rasmda Respublikamizda avtoservis xizmati ko’rsatuvchi sub’ektlar tamonidan bajarilayotgan xizmatlar hajmini taqsim-lanishi diogramma tarzida keltirilgan.
  1. jadval. Respublikamizda avtoservis xizmati ko’rsatuvchi sub’ektlar tomonidan bajarilayotgan xizmatlar hajmining taqsimlanishi 10.1-jadval (2002 01 y.y).


Hizmat ko’rsatuvchi

Xizmatlar hajmi, % hisobida

sub’ektlar

Umu-
miy

SHundan xizmat va ta’mirlash
ishlari hajmi

1. “Uzavtotexxizmat” xissadorlik boshqarmasi

50,3

40,0

2. “UzAvtoLada” xissadorlik assotsiatsiyasi

12,4

55,0

3. “Toshkent “Lada” xissadorlik assotsiatsiyasi

2,5

58,0

4. Mustaqil avtoservis korxonalari (xususiy sektor)

20,0

90,0

5.Qo’shma va avtoservis korxonalari

00,2

30,0

6. Avtotransport korxonalari

11,4

90,0

7. Boshqalar

3,2

95,0

Jami

100,0




Rivojlangan Yevropa davlatlari, AQSH hamda Yaponiya mamlakatlari avtoservislari amaliyoti va tajribalari.
Avtoservis sohasidagi ilg’or xorijiy tajribalarga kelsak, yuqorida aytib o’tganimizdek, avtoservis Yevropa, AQSH va boshqa mamlakatlarda avtomobil sanoati va transporti bilan teng tarixga ega, u bilan birga tug’ilib, birga hamkorlikda rivojlanib kelayapti. SHuning uchun bu mamlakatlarda ko’rsatayotgan xizmatlarning sifati ham, madaniyati ham yuqori va ko’lami kengdir. Rivojlangan mamlakatlar hududlarining barcha shaharlari, qishloqlari va boshqa aholi yashovchi punktlari, shaharlararo yo’l bo’ylari, dam olish zonalari turli darajada va xildagi avtoservis xizmati ko’rsatuvchi korxonalar tarmog’i bilan qoplangan.
Masalan, XX asrning 90-yillari oxirida 200 mln.dan ortiq avtomobil parkiga ega bo’lgan AQSHda (shundan 80% yengil avtomobillar, 19,7% yuk avtomobillari va 0,3% avtobuslar), avtoservis xizmati ko’rsatuvchi korxonalar va punktlar soni 58500 ta bo’lgan [13]. SHundan 11000 tasi ASSlar va avtoustaxonalar, 85 mingi savdo bazalari va do’konlari, ijaraga olish punktlari bo’lgan. AQSHdagi AZSlarning ko’pchiligida (yo’llar bo’ylaridagida 100%, umumiy olganda 70%) ayrim texnik xizmat va mayda ta’mirlash ishlari bajariladi (1-3 postli). Yuqorida ko’rsatib o’tilgan avtoservis korxonalari bo’yicha texnik xizmat va ta’mirlash ishlarining taqsimlanishi taxminan quyidagicha:

AZS va ular yonidagi stantsiyalarda…… 39%. Mustaqil ASSlar… 40%
Diler stantsiyalari …………………… 15% Avtokorxonalar ustaxonalarida……… 6%
SHuningdek, ASStantsiyalar, avtoustaxonalarning umumiy soni: Frantsiyada (70 mln. avtomobil)... 50 ming
Germaniyada (50 mln. avtomobil)... 20 ming Angliyada (25 mln. avtomobil)... 35 ming bo’lgan.
2-rasm. Respublika-mizda
avtoservis xizmati ko’rsatuvchi sub’ektlar tamonidan bajarila- yotgan xizmatlar hajmini taqsim- lanishi.
Bu mamlakatlarda ASSlarning turli xillarini uchratish mumkin:

    1. Umumiy maqsadlarga mo’ljallangan stantsiya asosiy bajaradigan ishlari TXK va ta’mirlash, eng muhimi savdo;

    2. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish stantsiyalari;

    3. Tez xizmat ko’rsatish stantsiyalari (12 minut ichida) ma’lum xildagi mayda TXK va ta’mirlash ishlarini bajarib beradi;

    4. Avariya natijasida shikastlangan avtomobillar kuzovlarini tiklovchi stantsiyalar.

    5. Harakat xavfsizligi stantsiyalari (yo’l politsiyasiga qarashli).

    6. Maxsus ishlarni bajaruvchi ixtisoslashgan avtoustaxonlar (shinalar, akkumulyatorlar, kuzovlar, agregatlar, elektr va elektron jihozlari va h.k.)

    7. Ko’chma stantsiyalar avtombillar to’xtab turadigan va saqlanadigan joylarda tez texnik yordam ko’rsatadi.

CHet eldagi barcha turdagi ASSlar va avtoustaxonalar asosan kichik hajmli, ba’zan oilaviy korxonalardir. Masalan, AQSHdagi ASSlarning hajmi quyidagicha:
3-9 avtojoyda (1-3postli)……... 45-50%.
10-20 avtojoyda (4-6 postli).... 20-25%
21-35 avtojoyli (7-10 postli)… 15-20 % 35 dan ko’p avtojoyli (10dan ko’p postli) 10-15 %.
SHuni aytish kerakki, mustaqil ASSlar va avtoustaxonalarning 85 %i yuk avtomobillariga ham xizmat ko’rsatish imkoniyatiga egadirlar.
ASSlarda ishlaydigan ishchilarni soni o’rtacha AQSHda-4,2 kishini, Frantsiyada-4,5 kishini, Italiyada-5,2 kishini tashkil etadi. Barcha turdagi avtoservis korxonalarining texnologik jihozlar, asbob- uskunalar, diagnostika-nazorat jihozlari va o’lchov asboblari bilan ta’minlanganligi talab darajasida. Iqtisodiy rivojlangan barcha dunyo mamlakatlarida avtoservis va avtomobil transportining ehtiyot qismlari TXKvaT uchun zarur bo’lgan materiallar bilan ta’minlash masalasi ijobiy hal qilingan. Buning uchun uzluksiz, ishonchli va barqaror ta’minlash tizimi beto’xtov ishlab turadi.
AQSHdagi yana bir “Continental Rebuilders and Servies”firmasi ham yuk avtomobillari, uzatmalar qutisi va orqa ko’priklarini ta’mirlash bilan shug’ullanadi. Agregatlarni ta’mirlashga
yuborilayotgan transport kompaniyalari ta’mirlangan agregatlar ishonchliligini, ularga sarf bo’lgan ehtiyot qismlar va shuningdek, ulardagi moylarning tarkibini aniqlash natijalariga tayanadilar. Firma ta’mirlashning individual, ya’ni yakka usulini qo’llaydi. Bu usulga ko’ra xar bir motorning qismlarga ajratilishdan boshlab to uni ta’mirlab dinamometrik sinovdan o’tkazishga qadar bqlgan barcha ishlar bir ishchi tomonidan bajariladi. Bu ishchining ismi-sharifi shu motorning pasportiga yozib qo’yiladi. Bu esa ishchining aybi bilan sodir bo’ladigan buzilishlarni 1%ga qadar kamaytirgan. Firma ta’mirlangan katta quvvatli motorlar uchun uch xil kafolat beradi: A-uzoq masofalarga qatnovchi shatakchi avtomobillarga- 176ming km yoki 13 oy, V-yuk avtomobillariga 120 ming km yoki 12 oy,S -yaqin masofalarda ishlovchi avtomobillarga 80 ming km yoki 6 oy.
SHuningdek, “Arrow HD” firmasi ham 50 yildan ko’proq vaqtdan buyon avtomobillar elektr jihozlari, ilashuv muftalari va suv nasoslarini ta’mirlash bilan shug’ullanadi. Ta’mirlagan buyumlariga 160 ming km yoki 6 oy muddatga kafolat beradi. Avtomobillar qismlarini ta’mirlashga shunga o’xshash yondoshish-lar dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarida ham mavjud.
Ilg’or xorij tajribasida mijozlar bilan ishlash masalasiga juda katta e’tibor beriladi.
Mijozlar barcha zarur ma’lumotlar bilan ta’minlanadi, ular uchun turli qulayliklar yaratiladi, masalan, avtomobilni xizmatga olib kelish va xizmatdan chiqqandan so’ng egasiga eltib berish yoki egasi talabiga ko’ra uyida, garajida xizmat ko’rsatish, doimiy mijozlar uchun xizmat xaqini bir qismidan kechish va h.k. Xullas, bu sohada ilg’or chet el tajribasini jiddiy o’rganish, ulardan o’z amaliyotimizda ijodiy foydalanish masalasi oldimizda turibdi.



Download 9,4 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   162




Download 9,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ўзавтосаноатсевис” компаниясига тегишли

Download 9,4 Mb.