• Porshenni yuqori qismi zichligi
  • 1-rasm.
  • KSHM va GTM lar bo’yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari




    Download 9,4 Mb.
    bet68/162
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,4 Mb.
    #228444
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162
    Bog'liq
    avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

    KSHM va GTM lar bo’yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari. Dvigatel bo’yicha nosozliklar va buzilishlarning asosiy qismi GTM va KSHM zimmasiga tushadi, hamda bajariladigan ish hajmining yarmidan ortig’i shu nosozlik va buzilishlarni bartaraf etishga sarflanadi. Ko’rsatilgan mexanizmlarni diagnostikalash, ularning diagnostika ko’rsatkichlarini aniqlashdan iborat bo’lib, bu ishlar dvigatelni bo’laklarga ajratmasdan turib bajariladi.
    Porshenni yuqori qismi zichligi bo’yicha diagnostikalash ishlari uning kompressiyasini, karterga o’tuvchi gazlar miqdorini, moyning kamayishini, kiritish taktidagi havoning siyrakligi, siqilgan havo tsilindrga yuborilganda, uning bosimi pasayishini aniqlashdan iboratdir.
    Dvigatel kompressiyasi bo’yicha- bu ish tirsakli valni akkumulyator batareyasi tirsakli valni aylantira olish chastotasida tsilindrda hosil bo’ladigan bosimni aniqlashdan iborat. Kompressiyani aniqlash qizdirilgan dvigatelda va maxsus jihozlar yordamida (1-rasm) bajariladi. Dvigatellarning turiga qarab bu ko’rsatkich, karbyuratorli dvigatellar uchun 0.44-12 MPa ni, dizel dvigatellari uchun kami bilan
    2 MPa ni tashkil qiladi. Kompressiya, kompressometr yoki kompressograf yordamida, o’t oldirish chaqmog’i (chaqmoq) yoki forsunka o’rnida aniqlanadi (bu ko’rsatkich me’yordan 30-40 % dan kam bo’lmasligi kerak).
    s)

    1-rasm. Manometrli(a) va o’zi yozuvchi(b) kompressometrlar hamda Isuzu avtomobili dvigatelining kompressiyasini o’lchash shakli(s).
    Moyning kamayishi bo’yicha avtomobilni ekspluatatsiya qilish davrida moy sathi me’yorigacha to’ldirish yo’li bilan aniqlanadi. Moyning kamayishi halqalarni yeyilishi va klapanlar zichligini buzilishi
    natijasida sodir bo’ladi. Moy sathi me’yoridan kamayishi yoki ko’payishi dvigateldan chiqadigan gazlarning rangini o’zgarishiga olib keladi.
    Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, u avtomobil ekspulatatsiyasi bilan bog’liq bo’lib, faqat halqalarning yeyilishi bilangina emas, balki klapan vtulkalarining yeyilishi va zichlikni buzilishi oqibatida ham bo’lishi mumkin.

    Download 9,4 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162




    Download 9,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KSHM va GTM lar bo’yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari

    Download 9,4 Mb.