4-rasm. Gaz taqsimlash mexanizmlaridagi issiqlik tirqishini rostlash va shchup bilan tekshirish shakli: a- rostlash vinti va klapan tirqishi oralig’i, b-kulachok va turtkich usti sozlash shaybasi oralig’i, v-klapan o’zagi va karamislo tumshug’i oralig’i. 1-shchup, 2-rostlashvinti, 3- klapan qalpog’i, 4-ariqcha, 5-kulachok, 6-kirgizma, 7- turtkich, 8-gayka, 9-buragich, A-eyilishni e’tiborga olgandagi
shayba qalinligi, B-shayba qalinligi, V-issiqlik tirqishi.
Buning uchun porshen siqish taktida tsilindrdagi yuqori chekka nuqtaga keltiriladi va birinchi tsilindrga tegishli klapanlar bilan koromislo orasidagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi va zarur bo’lsa sozlanadi, qolgan klapanlar va koromislolar orasidagi tirqish esa, tsilindrlarning
ishlash ketma-ketligi bo’yicha bajariladi. Klapanning issiqlik tirqishini sozlashda quyidagilarni ham e’tiborga olish zarur, tutashuvchi sirtlarning yeyilishi hisobiga ariqcha (4) hosil bo’ladi va u o’lchash jarayonida shchup ostida qoladi. Natijada haqiqiy tirqish shchup bilan o’lchangan tirqishdan katta bo’ladi. SHuning uchun yuritma richagini klapan bilan tutashadigan zonasidagi yo’lini o’lchash uchun indikatordan foydalangan ma’qul. Ko’pgina avtomobillarda (5-rasm), taqsimlash vali kulachoklari bilan
1-koromislo orasidagi tirqishni sozlash 2-sozlovchi vintni burash bilan bajariladi, so’ngra 3-chegaralovchi gayka bilan chegaralanadi. Zamonaviy Neksiya, Espero va shunga o’xshash dvigatellar GTM tuzilishlarida gidrokompensatorlarning paydo bo’lishi klapan mexanizmida tirqish sozlanishini avtomatik ravishda ta’minlaydi, ammo gidrokompensatorlar moyning sifati va uni tozalanish darajasiga judayam sezgirdirlar. Moyning kokslanishi, yeyilgan va yemirilgan detallarning zarrachalari gidroitargichni qotib qolishiga sabab bo’ladi.
5-rasm. Ananaviy tuzilishdagi VAZ, Tiko va Matiz avtomobillari gaz taqsimlash mexanizmining issiqlik tirqishini sozlash shakli. 1-koromislo; 2-sozlovchi vint;
3-kontrgayka.
Bu vaqtda mexanizmda hisobga olinmagan zarbli yuklanishlar hosil bo’ladi, natijada klapan va taqsimlash valini foydalanib bo’lmaslik darajasigacha yeyilishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun motor moyini almashtirish vaqtida, tsilindrlar kallagining qopqog’i taqsimlash vali biln birgalikda yechib olinib, gidroitargichlar yechib olinishi va benzin yoki kerosinda yuvib tashlanishi zarur. Bu gidroitargich ichidagi kirliklardan xalos bo’lishni ta’minlaydi.
|