jadval. Avtomobil dvigatellari uchun motor moyini tanlash SAE klassifikatsiyasi bo’yicha moy turlarini tashqi haroratga ko’ra tanlash




Download 9,4 Mb.
bet79/162
Sana13.05.2024
Hajmi9,4 Mb.
#228444
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   162
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

jadval. Avtomobil dvigatellari uchun motor moyini tanlash SAE klassifikatsiyasi bo’yicha moy turlarini tashqi haroratga ko’ra tanlash



KamAZ-740, NEXIA, DAMAS va boshqa turdagi dvigatellarining karterlariga 6 l dizelь moyi va
10 l dizel yonilg’isidan iborat aralashma tayyorlanib, bu aralashma kerakli miqdorda (karterga quyiladigan 2-3 moy hajmida) quyilib, moylash tizimi yuviladi. Zamonaviy avtomobillarning moylash
tizimini yuvish uchun Rossiyada-«VNIINP-1133», FIAT firmasi «Oliofiat L-20» va SHell firmasi «SHell
Donaks» yuvish moylarini tavsiya etadi. Maxsus qurilma va yuvish moyi (20-industrial moy) yordamida dvigatelning moylash tizimini yuvish yaxshi samara beradi. Ba’zi bir hollarda yengil avtomobillarga o’rnatilgan moy filьtrini yechib olish juda mushkul bo’ladi. SHuning oldini olish uchun maxsus yechgichlardan foydaliniladi (7.31-rasm).


7.31-rasm. Neksiya va VAZ avtomobil dvigatellarining moy filьtrini yechib olish shakli.
Markazdan qochma kuch bilan ishlovchi filьtrda moyni tozalash sifati, rotorning aylanishlar soniga bog’liq bo’lib, buni nazorat qilish uchun, dvigatelni to’xtatib (ishlatmay) qo’yib, rotorning shundan so’nggi erkin aylanishi kuzatiladi. Markazdan qochma filьtrning yaxshi ishlayotganligini aniqlashda, uning rotorini dvigatel ishdan to’xtagandan keyin 2,5-3 daqiqa mobaynida erkin aylanib turishini kuzatish kifoya. Filьtrning qoniqarsiz ishlashi aniqlansa, u qismlarga ajratib tozalanadi va yuviladi.
Dag’al tozalash filьtrida yig’ilgan quyqa (dvigatelni moyini navbatdagi almashtirishda) to’kib yuboriladi va filьtrlovchi diskda yig’iladigan smolali qoldiqlar, har kuni dvigatelning issiq holatida, filьtr ustki dastagini ikki-to’rt marta aylantirish bilan tozalab turiladi. SHuningdek, quyqa to’kilib, korpusdan filьtrlovchi diska bloki chiqarib olinib, (qismlarga ajratmay) junli cho’tkada, kerosinli vannaga botirib yuviladi va qisilgan havo bilan purkab quritiladi. Belgilangan muddatda (5-6 ming km dan so’ng), karterning shamollatish yo’llarini, detallarining mahkamlanishi, klapanlar va naychalarda quyqaning yo’qligi tekshiriladi va quyqalar har 10-12 ming km dan so’ng tozalanadi. Dvigatel karterining shamollatish yo’llari kirlanib, ifloslanib qolganda, bosim ortib ketadi, natijada karter salьnik (qistirma) laridan moy sizib chiqa boshlaydi. Dvigatel moyini almashtirishda, karterning shamollatish tizimidagi havo filьtrining korpusi kerosin bilan yuviladi, so’ngra filьtr vannasiga ma’lum ko’rsatilgan sathgacha moy quyiladi. NEKSIYa rusumidagi avtomobillarning motoridagi moy har 10000 km da yoki 1 yilda bir marta almashtirib turiladi.
Doimiy ravshda moyning sathi nazorat etilib, agarda moyning sathi "MIN"belgidan pastda bo’lsa, u me’yoriga keltiriladi. Zavod ko’rsatmasiga muvofiq SG 5W30, SAE 10W40, SAE 15W40, SF/CC turidagi motor moylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Moylash tizimidagi moyni almashtirish
davri avtomobil va moyning turiga bog’liq bo’lib, uning sathi almashtirilgandan 2-3 minut o’tgach tekshiriladi.



Download 9,4 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   162




Download 9,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



jadval. Avtomobil dvigatellari uchun motor moyini tanlash SAE klassifikatsiyasi bo’yicha moy turlarini tashqi haroratga ko’ra tanlash

Download 9,4 Mb.