• Termodinamika
  • Referat mavzu: termodinamik muvozanatta bo’lmagan tizimlarda ko’chish xodisalari




    Download 34,23 Kb.
    bet1/4
    Sana10.01.2024
    Hajmi34,23 Kb.
    #134217
    TuriReferat
      1   2   3   4
    Bog'liq
    SANAMXON


    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNVERSITETI FARG’ONA FILALI


    REFERAT
    MAVZU: TERMODINAMIK MUVOZANATTA BO’LMAGAN TIZIMLARDA KO’CHISH XODISALARI

    Bajardi: RAHMONNAZAROVA.S


    Tekshirdi: ABDULLAYEV.J.S

    FARG’ONA 2023

    REJA:
    1. KIRISH : TERMODINAMIK HAQIDA


    MALUMOT
    2. TERMODINAMIK MUVOZANAT
    3. MUVOZANAT VA MUVOZANATSIZ TERMODINAMIKA FARQI
    1. Termodinamika (yun. termo issiq, dynamic — kuch) — termodinamik muvozanat holatida turgan makroskopik tizimlarning umumiy xossalariga bu holatlar orasidagi o'tish jarayonlari toʻgʻrisidagi fan. T. fundamental qonun va tamoyillar asosida quriladi.
    T.ning birinchi bosh qonuni tizimning energiya saqlanish qonuni boʻlib, unga, asosan, tizim oʻzining ichki energiyasi yoki qandaydir tashqi energiya manbai hisobiga ish bajarishi mumkin. Bu qonunni Yu. Mayer taʼriflagan. G. Gelmgolts aniqroq shaklga keltirgan (1874). T.ning ikkinchi bosh qonun i quyidagicha: issiqlik energiyasi ishga aylanish jarayonida toʻliq miqdorda ishga aylanmaydi, issiqlik sovuq tizimdan issiq tizimga oʻzoʻzidan oʻta olmaydi. Bu qonunni R. Klauzius taʼriflagan (1850). Bu konunga asosan, har qanday mashina uzatilgan issiklikni toʻliq ishga aylantira olmaydi, issiklikning maʼlum qismi sovitkichda qoladi (qarang Karno sikli).
    T.ning uchinchi bosh qonuni entropiyaning mutlaq qiymatini aniqlaydi; Nernstning issiqlik qonuni deb ham ataladi. Bu qonunga koʻra, ixtiyoriy tizimning entropiya S si mutlaq nolga intiladigan har qanday temperatura T.da bosimga, zichlikka bogʻliq boʻlmagan eng oxirgi chegaraviy qiymatiga erishadi. 1911-yilda M. Plank bu qonunni quyidagicha ifodalagan: temperatura mutlaq nolga intilganda tizim entropiyasi ham nolga intiladi.
    T. umumiy yoki fizik T.ga, T. qonunlarini issiqlik texnikasiga tatbiq qiluvchi texnik T.ga, T. qonunlarini kimyoviy va fizikkimyoviy jarayonlarga tatbiq qiluvchi kimyoviy T. ga, T. qonunlari yordamida qaytmas jarayonlarni oʻrganuvchi qaytmas jarayonlar T.siga boʻlinadi.

    Download 34,23 Kb.
      1   2   3   4




    Download 34,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat mavzu: termodinamik muvozanatta bo’lmagan tizimlarda ko’chish xodisalari

    Download 34,23 Kb.