• 10-mavzu. Avtomobil dvigateliga TXK va T ishlari texnologiyasi.
  • Avtotransport vositalari servisi asoslari




    Download 9,4 Mb.
    bet67/162
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,4 Mb.
    #228444
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   162
    Bog'liq
    avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

    Nazorat savollari


    1. Kuzovlarni iflosliklari.

    2. Kuzov va kabinalarni tozalash usullari.

    3. Kuzov va kabinalarni yuvish texnologiyasi.

    4. Yuvish turlari.

    5. SHikastlangan kuzovlarni geometriyasini aniqlash usullari.

    6. SHikastlangan va korroziyaga uchragan kuzovlarni ta’mirlash.

    7. Kuzovlarni polirovka qilish.

    8. Kuzovlarni tozalash va yuvishda ishlatiladigan jihozlar.

    9. Kuzovlarni ta’mirlashda ishlatiladigan jihozlar.

    10-mavzu. Avtomobil dvigateliga TXK va T ishlari texnologiyasi.


    Reja:

      1. Dvigatelning krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlarida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.

      2. Krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlariga TXK va T ishlarining azmuni.




    Krivoship-shatun mexanizmi(KSHM) va gaz taqsimlash mexanizm(GTM)larida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari. Ekspluatatsiya jarayonida detallarning tabiiy yeyilishi, to’satdan ishdan chiqishi va ish qobiliyatini yo’qotishi natijasida tsilindr porshen guruhi (TSPG), KSHM, GTM, birikma va agregatlarda turli nosozliklar paydo bo’ladi.
    KSHM ning asosiy nosozliklariga tsilindrlar, porshen halqalari va ariqchalari, porshen bo’rtmasi devori va teshiklari, shatun kallagi vtulkalari, tirsakli val bo’yinlari vkladishlarining yeyilishi va porshen halqalarining qurum bosib qolishi kiradi. Asosiy buzulishlar va ishdan chiqishlarga esa porshen halqalarining sinishi, tsilindr yuzasining yeyilishi, porshenning tiqilib qolishi, podshipniklarning erishi, tsilindr bloki va uning kallagida darzlar hosil bo’lishi misol bo’la oladi.
    KSHM nosozligining alomatlariga tsilindrdagi kompressiyaning yo’qolishi va shovqin bilan ishlashi, gazlarning ko’p miqdorda karterga o’tib ketishi va moy quyish bo’g’izidan quyuq tutun chiqishi misol bo’la oladi.
    GTM ning asosiy nosozliklariga turtkich va uning vtulkalari, klapan tarelkalari va o’rindiqlari, shesternyalari, gaz taqsimlash valining tayanch bo’yinlari va mushtchalarining yeyilishi, klapan va koromisla orasidagi tirqishning buzilishi kiradi. Ishdan chiqishlarga esa klapan prujinalari elastikligini yo’qotishi va sinishi, gaz taqsimlash shesternyasining sinishi, klapanlarning kuyishi va boshqalar kiradi. Gaz taqsimlash mexanizmining shovqin bilan ishlashi nosozlik alomatlaridan biri hisoblanadi.

    Download 9,4 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   162




    Download 9,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtotransport vositalari servisi asoslari

    Download 9,4 Mb.