KSHM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish




Download 9,4 Mb.
bet70/162
Sana13.05.2024
Hajmi9,4 Mb.
#228444
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   162
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

KSHM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish. Dvigatelning buzilishi va unda hosil bo’luvchi nosozliklarini oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar kompleksi bajariladi. Bu diagnostikalash, KXK va davriy TXK davridagi dvigatel bo’yicha bajariladigan diagnostikalash, maxkamlash, sozlash va moylash ishlari hisoblanadi. SHu jumladan zamonaviy yengil avtomobillar uchun ham shu maqsadda davriy servis xizmat ko’rsatish ishlarini bajarishda yuqorida keltirilgan amallar bajariladi. Xizmat ko’rsatish davrida asosiy e’tibor mahkamlash va nazorat-sozlash ishlariga qaratiladi.
Maxkamlash ishlarini bajarishdan maqsad dvigatel birikmalarini (dvigatelning rama tayanchiga, tsilindr kallagi va karterni tsilindrlar blokiga va h.k.) zichligini tekshirishdan iborat. Gaz va sovitish suyuqligining chiqib ketmasligini oldini olish uchun, tsilindr kallagining blokka maxkamlash momenti
tekshiriladi. Bu vazifa avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavod ko’rsatmasiga binoan belgilangan ketma- ketlikda(3-rasm), hamda me’yoriy burash momentida dinamometrik kalitdan, avtochilangar asboblari to’plamlaridan foydalanilanib bajariladi. CHo’yan kallaklar issiq holatda, alyumin kallaklar esa sovuq holatda mahkamlanadi.
3-rasm. Neksiya SONS-dvigatellarining tsilindr kallaklari gaykalarini mahkamlash ketma-ketligi Dvigatellarda KSHM va GTM bo’yicha sozlash ishlari klapan sterjenining yuqori qismi bilan
turtgichlar yoki karomislolar oralig’idagi tirqishni sozlash, dvigatel tayanchining rama bilan birikmasini qotirish, tsilindrlar kallagi va karterni tsilindr bloki bilan birgalikda qotirish ishlaridan iborat bo’lib, diagnostikalash ishlari natijasiga ko’ra bajariladi. Klapan tirqishlarini sozlash ishlari davriy TXK da yoki zaruratga ko’ra bajarilib, GTMning ravon ishlashini ta’minlaydi, gaz taqsimlash jarayonini me’yorlaydi, tsilindrlarning yonilg’i aralashmasi bilan to’lishini ta’minlaydi, bular o’z navbatida dvigatelning quvvatini va kompressiyaning oshishiga imkon yaratadi.
TSilindr, tsilindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexanizmidagi boshqa detallar dvigatelni isishiga qarab 80-150°S gacha, klapanlar esa 300-600°S gacha qiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik tirqishi kamayadi, bu esa detallarni issiqlik ta’sirida deformatsiyalanishiga, klapanlarni o’z uyalariga zich o’tirmasligiga olib keladi.
Dvigatel ishlaganda, chiqarish klapanida issiqlik tirqishi haddan ziyod kichik bo’lsa, tarelka o’ta qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo’ladi, klapan egari yumshab, gazlar chiqib ketishi oqibatida uning yeyilishi tezlashadi. Ikkinchidan yuqori harorat ta’sirida klapanlar ishlashida kuchli taqillashlar paydo bo’ladi va gaz taqsimlash mexanizmi detallari jadallik bilan yeyila boshlaydi. Issiqlik tirqishi, odatda, po’lat shchup yordami bilan 20-25°S haroratda aniqlanadi (4 -rasm).

Download 9,4 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   162




Download 9,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KSHM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish

Download 9,4 Mb.