Avtotransport vositalari servisi asoslari




Download 9,4 Mb.
bet73/162
Sana13.05.2024
Hajmi9,4 Mb.
#228444
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

6-rasm. TSilindrlar yeyilish darajasini nutromer yordamida aniqlash. 1-nutromer; 2-kolibr yordamida nutromerni nolga keltirish

  1. rasm. Porshen va tsilindr orasi- dagi tirqishni tekshirish shakli

SHchup porshen barmog’i o’rnatilish teshigi o’qiga perpendikulyar joylashishi zarur. Keyin dinamometr yordamida shchup tortiladi va shchupni chiqish vaqtidagi kuch aniqlanadi. Aniqlangan kuch avtomobil dvigatellarining turiga qarab, ekspluatatsiya yoki ta’mirlash qo’llanmasida keltirilgan me’yoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Masalan, ZIL-130 dvigateli uchun shupning qalinligi 0,08 mm, eni 13 mm va uzunligi 200 mm bo’lishi, hamda uni tsilindr bilan porshen orasidan tortib chiqaruvchi kuchning kattaligi 35-45 N ni tashkil qilishi kerak. Agarda tortib chiqaruvchi kuch me’yoridagi ko’rsatkichdan farq qilsa, porshen boshqasiga almashtiriladi. Porshenni almashtirishdan avval uni tsilindrga moslab tanlab olish zarur, buning uchun gilьzaning o’lchamlar gruppasiga mos keluvchi porshen tanlab olinadi va lentasimon shup yordamida tsilindr, hamda gilьza orasidagi tirqish tekshiriladi (7.20-rasm). ASK sharoitida tsilindrga porshenni tanlashda, yuqoridagilardan tashqari porshen bobishkasidagi teshik, porshen barmog’i va shatunning yuqori kallagidagi bronza vtulka diametrlari bir xil o’lchamlar guruhida bo’lishi kerak. SHuning uchun «porshen-barmoq-shatun» to’plamini yig’ishda, ularga bo’yoq yordamida qo’yilgan belgilar bir xil rangda bo’lishiga e’tibor berish kerak. Porshenga barmoq tanlanayotganda uning bobishka teshigiga qo’lning katta barmog’i yordamida yengil kirishi tekshiriladi (7.21-rasm).




  1. rasm. Porshen barmog’ini babishkaga yengil kirishini tekshirish shakli

  2. rasm. Porshen ariqchasi va halqa orasidagi tirqishni aniqlash shakli: 1-porshen halqasi; 2- porshen; 3-shchup to’plami

To’g’ri tanlangan porshen tepa qismi bilan tsilindrga qo’yilganda, o’zining og’irligi bilan asta-sekin pastga tushishi kerak. Porshen bilan shatunni bir-biriga biriktirishdan avval shatun kallaklarini parallelligini maxsus qurilmalar yordamida tekshiriladi. Bunday qurilmalar yordamida shatunning buralib ketganligi, egilganligi va kallaklarining markazlari orasidagi masofa aniqlanadi. Tekshiruv natijalariga ko’ra shatunning biror o’lchami me’yoridan farq qilsa, maxsus kalitlar yordamida qurilmaning o’zida o’lchamlar me’yoriga keltiriladi. Bunda shatunning yuqori va pastki kallaklari yuqori va pastki plitalar orasidagi holatda bo’lishi kerak. SHatunni tekshirish va to’g’rilashdan so’ng, porshen 600S haroratdagi moyli vannaga solinib qizdiriladi, keyin esa porshen barmog’i porshen bobishkasi va shatunning yuqori kallagiga presslanadi. Presslangandan so’ng bobishkadagi ariqchaga chegaralovchi halqalar o’rnatiladi. Porshen bilan shatun yig’masini tsilindr blokiga o’rnatishdan avval, porshen halqalarini porshen ariqchasiga joylashtiriladi. Porshen ariqchasi bilan porshen halqasi orasidagi tirqish shup yordamida (9- rasm) aniqlanadi. Bundan tashqari halqani yorug’lik nurini o’tkazishi bo’yicha tekshiriladi, buning uchun halqa tsilindrning yedirilmagan yuqori qismiga joylashtiriladi va tsilindr bilan uning orasidan yorug’lik nuri o’tishi aniqlanadi. Porshen halqasini tutashish joyidagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi. Agar u me’yoridan kichik bo’lsa, halqaning tutashish joylari egovlanadi. Bu ishlarni bajargandan so’ng halqa

porshenga o’rnatiladi. O’rnatilgan halqalarning tutash joylari har tomonga aylana bo’yicha qo’yib chiqiladi. Porshen yig’masini tsilindrga o’rnatish maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi (10- rasm).



  1. rasm. Porshen yig’masini tsilindrga o’rnatish: 1-tsilindr blokidagi gilьza; 2-moslama; 3- porshenning shatun va halqalar bilan birgalikdagi yig’masi

Tirsakli val vkladishlari, podshipniklar taqillaganda va reduktsion klapan hamda moy nasosi soz bo’lib, tirsakli valning 500-600 aylmin tezligida magistralidagi moy bosimi 0,05 MPa dan kam bo’lganda almashtiriladi. Vkladishlarni almashtirish, ular bilan tirsakli valdagi tayanch va shatun bo’yinlari orasidagi tirqish me’yoridan ko’payib ketganda ham amalga oshiriladi. Avtomobil dvigatellarining turiga qarab, tayanch bo’yni bilan vkladish orasidagi me’yoriy tirqish 0,026-0,12 mm, shatun bo’yni bilan vkladish orasidagi me’yoriy tirqish esa 0,026-0,11 mm oralig’ida bo’ladi. Tirsakli val podshipniklaridagi tirqish, nazorat qiluvchi jez plastinkalari yordamida aniqlanadi. Moylangan plastinka vkladish va val bo’yni orasiga qo’yiladi, hamda qopqoq boltlari dinamometrik kalit yordamida har bir dvigatel uchun belgilangan me’yoriy burovchi moment bilan tortiladi. (ZIL-130 dvigatelida tayanch podshipniklari 110- 130 Nm, shatun podshipniklari 70-80 Nm). Agar 0,025 mm li plastinka qo’yilganda tirsakli val juda bo’sh aylansa, bu - tirqishning katta ekanligini ko’rsatadi. U holda tirsakli val bo’yni orasiga har biri 0,025 mmga qalinroq bo’lgan moylangan plastinkalar qo’yib borilib tirsakli val his qiluvchi kuch bilan aylanadigan bo’lguncha davom ettiriladi va plastinkaning qalinligiga qarab kerakli o’lchamdagi vkladishlar tanlanadi. Tirsakli val bo’yinlarining holati tekshirilgach (yuzada yeyilish va tirnalish izlari bo’lmasligi kerak), tanlangan vkladishlar yuviladi, artiladi va motor moyi bilan moylanib joyiga o’rnatiladi.


Tirsakli val shatun bo’ynining yeyilishi masalan: Isuzu avtomobilida 65.902-65.992 mm gacha, chegaraviy qiymat esa 65.85 mm gacha bo’lishi mumkin. Tirsakli valning o’q bo’yicha siljishini sozlash ishlari ko’pgina dvigatellarda tayanch shaybalarini tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. ZMZ-53 dvigatellarida orqa tayanch shaybasi va tirsakli val orasidagi tirqish 0,075-0,175 mm, ZIL-130 dvigatellarida esa 0,075-0,245mm ni tashkil etadi. YaMZ va VAZ dvigatellarida esa, siljish (0,08- 0,23mm) yarim shaybalar yordamida sozlanadi. Isuzu avtomobilida tirsakli val erkin yo’li 0.104-0.205 mm bo’lib, chegaraviy qiymat 0,35 mm ni tashkil etadi.
Ekspluatatsiya jarayonida o’q bo’yicha siljish kattalashib boradi, shuning uchun ta’mirlashda shayba va yarim shaybalarning qalinligi, keyingi ta’mirlash o’lchamdagisidan foydalaniladi. Blok kallagining asosiy nosozliklariga blok bilan birlashuvchi yuza qatlamidagi darz ketish, sovitish ko’ylagidagi darz ketish, klapan yo’naltiruvchisi teshiklarining yeyilishi, klapan o’rindiqlari faskasining yeyilishi va unda chuqurchalar hosil bo’lishi, klapan o’rindig’ini presslangan yeridan bo’shashib ketishi misol bo’la oladi. Kallak birikmasini ta’mirlash uchun uni bo’laklarga ajratish muhim o’rin tutadi. Sifatli bo’laklarga ajratish detallarni ishdan chiqishini oldini oladi. SHuning uchun bo’laklarga ajratishda maxsus yechgichlardan foydalaniladi(7.24-rasm).
Alyumindan tayyorlangan tsilindr kallagi yuzasidagi 150 mm gacha uzunlikda bo’lgan yoriqlar payvandlanadi, payvandlashdan avval yoriqning ikki tomonidan 4 mm diametrda teshik teshiladi. Keyin kallak elektropech yordamida 200□S gacha qizdiriladi, undan so’ng yoriq temir cho’tka bilan tozalanadi va payvandlanadi. Sovitish ko’ylagi yuzasida uzunligi 150 mm gacha bo’lgan yoriqlar epoksid yelimi yordamida yelimlanadi. Yelimlashdan avval yoriqqa xuddi payvandlashdan avvalgidek ishlov beriladi, atseton bilan moysizlantiriladi, ikki qatlam alyumin kukunlari aralashtirilgan epoksid yelimi surtiladi va 18-20□S haroratda 48 soat ushlab turiladi. Alyumindan tayyorlangan tsilindr kallagi yuzasidagi 150 mm gacha uzunlikda bo’lgan yoriqlar payvandlanadi, payvandlashdan avval yoriqning ikki tomonidan 4 mm diametrda teshik teshiladi. Keyin kallak elektropech yordamida 200□S gacha qizdiriladi, undan so’ng
yoriq temir cho’tka bilan tozalanadi va payvandlanadi. Sovitish ko’ylagi yuzasida uzunligi 150 mm gacha bo’lgan yoriqlar epoksid yelimi yordamida yelimlanadi. Yelimlashdan avval
yoriqqa xuddi payvandlashdan avvalgidek ishlov beriladi, atseton bilan moysizlantiriladi, ikki qatlam alyumin kukunlari aralashtirilgan epoksid yelimi surtiladi va 18-20□S haroratda 48 soat ushlab turiladi.


  1. rasm. TSilindr kallaklarini bo’laklarga ajratish shakli: 1-klapan birikmasini yechish moslamasi; 2- klapanlarni harakatini chegaralovchi taglik

Hozirgi vaqtda kallak va tsilindrlar bloki yoriqlarini yamash uchun “kempi” va “argon” payvandlash turlaridan ko’proq foydalanilmoqda. Bu usullardan foydalanish ta’mirlash vaqtini tejashga imkon beradi. Kallakni tsilindrlar bloki bilan tutashish joyidagi o’yilish va chuqurliklarni frezalash yoki silliqlash yo’li bilan ta’mirlanadi. Ishlov berilgan kallak nazorat plitasida tekshiriladi. Bunda 0,15 mm li shup plita va kallak orasidan o’tmasligi kerak. Yo’naltiruvchi vtulkalarning teshigi yedirilgan bo’lsa, yangisiga almashtiriladi. Almashtirishda gidravlik press va maxsus moslama ishlatiladi. Klapan faskalarining yeyilishi va o’yilishi, tozalash yoki silliqlash yo’li bilan bartaraf qilinadi. Tozalash ishlari uchiga klapanni o’ziga majburan tortib turadigan «so’rg’ich» o’rnatilgan pnevmatik drel yordamida bajariladi. Klapanlarni tozalashda, tozalash pastalaridan (15
gramm M20 yoki M12 elektrokorund kukuni, 15 gr. M40 bor karbidi va motor moyi aralashmasi) va GOI pastasidan foydalaniladi. Tozalangan klapan va uning egarida aylana bo’ylab a - 1,5 mm kenglikda xira iz hosil bo’ladi. Tozalangan yuza sifatini klapanning yuqori qismida bosim hosil qiluvchi asbob yordamida ham tekshirish mumkin. 0,07 MPa ga yetgan bosim 1 min. ichida sezilarli darajada tushib ketmasligi kerak. Agar klapan egarlarining faskasini tozalash yo’li bilan tiklab bo’lmasa, u holda yuza yo’nish yo’li bilan ta’mirlanadi. Yo’nish 15, 30, 45, 75-li yo’nuvchi asboblar yordamida bajariladi. 30□li asbob kirituvchi klapan egarlari uchun, 45-li asbob chiqaruvchi klapan egarlari uchun mo’ljallangan. Yo’nishdan so’ng faska siliqlanadi va tozalanadi.



  1. rasm. Klapan egarini almashtirish shakli: a-echgich yordamida egarni yechish; b-egarni qoqish; 1- echgich korpusi; 2-gayka; 3-shayba; 4-vint; 5-uch ushlagichli gayka; 6-tortish prujinasi; 7-ushlagich konusi; 8-echgich ushlagichi; 9, 12-o’rnatilgan egarlar; 10-tsilindrlar kallagi; 11-qoqqich

Klapan egari o’yilib ketgan yoki bo’shab qolgan bo’lsa, maxsus yechgich yordamida chiqarib olinadi (12a-rasm), teshik esa ta’mirlash o’lchamiga moslab kengaytiriladi. Ta’mirlash o’lchami bo’yicha tanlab olingan klapan egari maxsus presslagich yordamida qoqiladi(12b-rasm) . Klapanlarning asosiy nosozliklari ularning faskasini yeyilishi, klapan sterjenini yeyilishi va egilishidan iborat. Klapanlarni saralashda, ularning to’g’riligi va ishchi faskalarini sterjenga nisbatan notekisligi aniqlanadi (13-rasm). Nazorat indikatorlar(10, 11) yordamida bajariladi. Klapan sterjeni va ishchi faskasining ruxsat etilgan tebranishi texnik shartlarda nazarda tutilgan.
Me’yoridan yuqori tebranish hosil bo’lsa, klapan sterjeni to’g’rilanadi. Sterjen tag qismining notekis yeyilishi charx yordamida tekislanadi. Klapan faskasi maxsus charxlash jihozida silliqlanadi. Klapan turtkichlarining yoysimon va tsilindrsimon yuzalari yeyiladi. Uning sterjenini silliqlab, keyingi ta’mirlash o’lchamiga keltirish yo’li bilan tiklanadi. SHayin(koromislo)ning yeyilgan bronza vtulkalari yangisiga almashtirilib, uning ichki diametri ta’mirlash yoki me’yoriy o’lchamlarga keltiriladi.
Yangi vtulkalar qo’yilganda, moyning o’tishi uchun teshiklar teshiladi. Detallarni tiklovchi maxsus ustaxonalari bo’lgan katta ASK lar va avtomarkazlarda tirsakli va gaz taqsimlovchi vallar ta’mirlanadi. Tirsakli valning yedirilgan tayanch va shatun o’rnatuvchi bo’yinlari hamda gaz taqsimlovchi valning tayanch bo’yinlari silliqlash jihozlari yordamida ta’mirlash o’lchamlariga keltiriladi. Silliqlashdan so’ng tirsakli va gaz taqsimlash valining bo’yinlari abraziv lentasi yoki GOI pastasi yordamida tozalanadi. Gaz taqsimlash valining yedirilgan mushtchalariga maxsus silliqlash jihozlari yordamida ishlov beriladi.

  1. rasm. Klapanlarni tekshirish moslamasi: 1- maxovik; 2-valcha; 3-ustuncha; 4-vtulka; 5- barmoq; 6-kronshteyn; 7-rolik; 8-markaz; 9- prizma; 10, 11-indikatorlar; 12-plita



TSilindrlar kallagini maxsus jihozlar yoki chilangarlik dastgohida yuqorida keltirilgan moslamalar (10-rasm) yordamida yig’iladi. So’ngra agregatlarni ajralish yuzalarining shpilkalariga zichlagichlar o’rnatiladi va kiritish hamda chiqarish kollektorlari o’z joyiga mahkamlanadi. Yig’ilgan kallak tsilindrlar blokiga o’rnatiladi va biriktirish gaykalari belgilangan ketma-ketlikda mahkamlanadi. Moy filtri, tekshirish naychasi termostat, suv nasosi, yonilg’i nasosi, havo filtri bilan birgalikda karbyurator, kompressor, generator, starter va boshqa agregatlar dvigatelga yig’iladi.

  1. rasm. Dvigatelni sinash jihozi: 1-sovitish suyuqligi baki; 2-dvigatel; 3-plita; 4-shkivlarning himoya g’ilofi; 5-sovitish tizimiga keluvchi suvni berkitish krani; 6-dvigatelning oldingi tayanchini mahkamlash gaykasi; 7- suyuq yonilg’i bilan ta’minlash krani; 8-ustunni qotirish gaykasi; 9-yonilg’i berkitish krani; 10-chiqarish quvurini mahkamlash gaykasi; 11-ustun; 12- dvigatelning orqa tayanchini mahkamlash bolti; 13-kardan valini himoya g’ilofi; 14-elektrodvigatel; 15-suyuqlikli reostat; 16-reostatni boshqarish ushlagichi; 17-elektrodvigatelni boshqarish tugmasi; 18-yuklanishni ko’rsatuvchi raqamli ko’rsatkich; 19- ogohlantirish lampasi; 20-taxometr; 21- moy harorati ko’rsatgichi; 22-suv harorati ko’rsatgichi; 23- manometr; 24-boshqarish pulti korpusi; 25-uzatmalar qutisi ushlagichi; 26-karbyuratordrosselini boshqarish tortqisi; 27-qo’l tormozi richagi; 28-ilshish muftasi tepkisi; 29-vodoprovod suvini berkitish krani.

Dvigatel yig’ib bo’lingach uni chiniqtiriladi va sinovdan o’tkaziladi. Dvigatelni chiniqtirish va sinash ishlari maxsus sinash jihozi (14- rasm) yordamida uch bosqichda amalga oshiriladi: sovuq,
yuklanishsiz issiq va yuklanish ostida issiq. Har bir bosqich ikki qismdan iborat. Masalan, sovuq holda chiniqtirish tirsakli valning 400-600 ayl/min aylanishlarsonida 15 min, so’ngra 800-1000 ayl/min da 20 minut o’tkaziladi. Yuklanishsiz issiq chiniqtirishda avval tirsakli val 1000-1200 ayl/min da 20 minut, so’ngra 1500-2000 ayl/min da 15 minut aylantiriladi. Issiq yuklanish ostida chiniqtirishda 11-15 kVt yuklanish beriladi va 25min tirsakli val 1600-2000 ayl/min tezlik bilan aylantiriladi.
So’ngra 29-44 kVt yuklanish berilib, tirsakli val 2500-2800 ayl/min tezlikda 25 min aylantiriladi. Sovuq chiniqtirishda dvigatelning tirsakli vali elektrodvigatel-14 yordamida aylantiriladi. Bu davrda dvigatel barcha birikmalarining geometrik shakllari va ishchi yuzalarning holati o’zgaradi va uncha katta bo’lmagan yuklanishda ishlashga maslashadi. Yuklashinsiz issiq chiniqtirishda (dvigatel salt yurish tartibida ishlaydi) ishqalanish yuzalarini navbatdagi moslashishlari nazarda tutilgan. Bunday chiniqtirishdan maqsad dvigatelni foydalanish uchun tayyorlashdan iborat. Har bir turdagi avtomobil dvigateli uchun chiniqtirishning muqobil tartibi o’rnatilgan.



Download 9,4 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162




Download 9,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtotransport vositalari servisi asoslari

Download 9,4 Mb.