|
Avtotransport vositalari servisi asoslari
|
bet | 53/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)5 –rasm. Maxsus diagnostikalash ustaxonasi
Vujudga kelgan nosozliklar (masalan, kuzov yoki boshqa qism elementlarida darzlar, mexanizmni bo’laklarga ajratib, nosoz detallarni almashtirish va boshqalar) bartaraf etilgandan so’ng, ya’na diagnostikalash ishlarini davom etirish uchun avtomobil ilgarigi diagnostika ustaxonasiga yuboriladi Hozirgi vaqtda servis korxonalarida avtomobilning agregat va tizimlari bo’yicha nosozliklarni aniqlashda “komp’yuterli diagnostika” qo’llanilmoqda (6.6-rasm).
6-rasm. Dvigatellarni kompyuterli diagnostikalash
Komp’yuterli diagnostikalash bo’yicha zamonoviy avtomobillarning quyidagi agregat va tizimlarining texnik holati aniqlanadi:
dvigatel tizimlari;
elektr va elektron jihozlar;
avtomatik uzatma qutisi;
boshqaruv g’ildiraklarining o’rnatish burchaklari va boshqalar.
ASKlarining diagnostik asbob–uskanalar bilan jihozlanishi, uning quvvatiga, turiga va bajaradigan ishlar majmuasiga bog’liq. SHuning uchun universal ASKda diagnostika ustaxonasi har xil modeldagi avtomobillarni ko’zda tutib universal asbob-uskanalar bilan jihozlanishi kerak. Ammo bunday diagnostik asbob-uskunalar qimmat turadi, shuning uchun tez ma’naviy eskirmaydigan turlarini tanlash kerak bo’ladi. Bunga har doim ham erishib bo’lmaydi, chunki diagnostikalash narhini yuqori quyib bo’lmaydi (ayrim rivojlangan davlatlarda bepul diagnostikalash ishlari tavsiya etilmoqda). Demak, diagnostikalash vaqtini qisqartirib, diagnostikalash sonini oshirish kerak.
ASKlarga kirgan avtomobillarning nosozliklarini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish natijasida: joriy ta’mirlash sarflari 8...12% ga, ehtiyot qismlar sarflari 10...12% ga, yonilg’i sarfi 2...5% ga kamayadi; avtoshinalarning yuradigan yo’li esa 3...5% ga oshadi hamda ekspluatatsion
havfsizligi va ekologik ko’rsatkichlari yaxshilanadi.
Diagnostikaning maqsadi nima?
Qanday ko’rsatkichlar diagnostik parametr bo’la oladi?
Diagnostik parametrlar qanday turlarga bo’linadi?
Qanday diagnostik me’yorlar mavjud?
Qanday diagnostik parametrga asoslanib ob’ektning texnik holati bo’yicha diagnoz qo’yiladi ?
ASKlarida qanday diagnostika turlari mavjud?
Maxsus diagnostika ustaxonasida qaysi turdagi ishlar bajariladi?
Qanday agregat va tizimlar “komp’yuterli diagnostika” yordamida tekshiriladi?
|
| |