|
mavzu: Avtoservis korxonasida tyuning ximatini tashkil etish
|
bet | 54/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1) mavzu: Avtoservis korxonasida tyuning ximatini tashkil etish.
Reja:
Avtomobil tyuningi tushunchasi.
Tyuning turlari: texnik, tashqi ko’rinish va salon tyuningi.
Dvigatel, yonilg’i bilan ta’minlash, chiqindi gazlar chiqarish tizimi, transmissiya, tormoz tizimi, rul boshqarmasi, osma tyuninglari va “chip tyuning”.
SHovqindan himoyalanish tyuninglari.
Tyuning bo’yicha me’yoriy hujjatlar.
Tayanch iboralar: tyuning, avtomobil, dvigatel, transmissiya, boshqarish tizimi, yurish qismi, me’yoriy hujjatlar.
Tyuning turlari
Tyuning texnik, tashqi, ichki va ularning birlashgan turlariga bo’linadi.
Tyuning (ingliz tilidan tune - sozlash, moslashish) texnikaga qo’llanilganda uning mavjud xossasi va ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida qayta ishlov berish (ishlov berishni yakunlash) tushiniladi. Avtomobilni har bir tizimi yoki tarmog’i, uning tashqi ko’rinishi va intereri ma’lum xossa va ko’rsatkichlarga ega. Har xil avtomobillarda b xossa va ko’rsatkichlarni solishtirib, ularni texnik takomillashgani haqida xulosa qilish mumkin. Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, avtomobillarda qancha tarmoq va tizimlari bo’lsa, shuncha tyuningi bo’ladi. Ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobillarni konstruktsiyasi har xilligi tufayli avtomobilni barcha tyuningini ta’riflash juda ham murakkabdir.
Tashqi tyuning–stayling. Tashqi tyuning-bu avtomobillarni tashqi ko’rinishini o’zgartirishdir. Ko’pgina hollarda tashqi tyuning avtomobillarni aerodinamikasini yomonlashishiga olib keladi, lekin chiroyli va bashang bo’ladi.
Bunda tyuning yo’nalishini eng oddiy ish turi avtomobillar kuzovini qayta bo’yash, har xil ranga bo’yash, rasm chizish, oynani qoraytirish, svetotexnikadan foydalanish, aerodinamik komplekt o’rnatish (yubka”- old va orqa spoylerlar, bamper va ostona ostiga ustquymalar qo’yish, orqa antikrilo va yon moldinglar) va yangi disklar. Biroq, texnik tyuningni aerodinamik atributlari ko’rinishli bo’ladi, lekin uning aerodinamik ko’rsatkichlari yaxshilanmaydi.
Eksterьer tyuningida o’rtacha murakkablik darajasi bo’yicha kuzov bilan ishlashdir. Bunda umumiy stilistika va butun dizayn qayta ishlanadi. Bu maqsadda qanotlar “shishiriladi” (“o’zini” qanotlari, ba’zan eshik filenkalari kesib olinib, uning o’rniga materialiga bog’liq holda payvandlanadi, yelimlanadi yoki qotiriladi), kuzov bo’yicha har xil shtampovkalar qilinadi va boshqalar. Qayta ishlashni asosiy xos xususiyati-metal (yoki plastik materiallar bilan) kuzov bilan ishlashdir, ishlash jarayonida kuzov detallarini boshlang’ich shakli har xil darajada o’zgarib ketadi. Eksterьer yo’nalishdagi estetik tyuningni eng murakkab turi kuzovni tubdan o’zgartirish va bronlashtirishdir. Limuzindan sedandan yasash unchalik murakkab emas. Bu yerda to’rt eshikli sedanlardan ikki eshikli kupe, ikki eshikli kupedan ikki eshikli kabriolet qilish mumkin. Umuman olganda buyurtmachi nimani xohlasa. Bu ishlarni murakkabligi uning hajmini kko’pligi va qiyinligida emas, ko’pincha kuzovni ko’tarish qismini kuch elementlari o’zgartirishga to’g’ri keladi, bu avtomobil kuzovini “nol” qilish uchun murakkab hisob- kitoblar qilishga to’g’ri keladi. SHuni aytib o’tish lozimki, ba’zan bunday o’zgartirishlar mijoz uchun avtomobil narxidan ham bir necha marta qiymatga tushadi.
|
| |