|
Gaz yonilg’isida ishlaydigan dvigatellarning yonilg’i tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash texnologiyasi
|
bet | 84/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)Gaz yonilg’isida ishlaydigan dvigatellarning yonilg’i tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash texnologiyasi. Suyultirilgan va siqilgan gazlarda ishlovchi avtomobillar uchun mo’ljallangan gaz uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish ko’pgina umumiylikka ega. CHunki ular tuzilishi va ishlash tartibi biri biriga juda o’xshash bo’ladi. Karbyuratorli avtomobillarning uchinchi avlod gaz-ballon
jihozlari bilan qurollangan yonilg’i ta’minot tizimi (11-rasm) ishlaganda ballondan (1) suyultirilgan neft gazi (propan-butan) bosim ostida yuqori bosimli gaz magistraliga (3) o’tadi. Ballondagi gaz sarfi mulьtiklapan (2) orqali sodir bo’ladi, o’z navbatida gazni to’ldirish ham mulьtiklapanga ulangan to’ldirish moslamasi (4) orqali amalga oshiriladi. Magistral orqali suyuq holatdagi gaz filtrli gaz klapaniga (5) keladi, u gazni tozalash, dvigatel o’chirilganda yoki benzinga o’tkazilganda gazni o’chirish uchun xizmat qiladi. So’ngra tozalangan gaz reduktor bug’latgichga(6) o’tadi, bu yerda gazning bosimi 1,6 MPa dan 0,1 MPa gacha tushadi. Gaz bug’lanib reduktorni sovutganligi uchun dvigatelning sovitish tizimi bilan bog’langan. Sovitish suyuqligining doimiy harakati reduktor va uning membranasini yaxlab qolishdan saqlab turadi.
Ishlab turgan dvigatelning kiritish kollektorida havoning siyrakligi paydo bo’lishi hisobiga, gaz reduktordan past bosimli shlanga bo’yicha dozator (7) orqali karbyuratorning drossel zaslonkasi va havo filtri oralig’iga joylashgan aralashtirgichga (8) yetib keladi. Ishlash tartibini o’zgartirish (gazga yoki benzinga o’tkazish) asboblar paneliga o’rnatilgan yonilg’i turlarini ulagich (10) orqali amalga oshiriladi. Agarda ulagich “GAZ” holatiga o’tkazilsa, gaz elektromagnit klapani (5) ochiladi, benzin elektromagnit klapani (9) yopiladi. Yoki teskari bo’lishi mumkin.
rasm. Karbyuratorli avtomobillarning uchinchi avlod gaz-ballon jihozlarining ko’rinishi: 1-ballon; 2- mulьtiklapan; 3-yuqori bosim gaz magistrali; 4-gazni to’ldirish moslamasi; 5-gaz klapani; 6-reduktor- bug’latgich; 7-dozator; 8-gaz va havoni aralashtirgich; 9-benzin klapani; 10-yonilg’i turlarini ulagich.
Yoritish diodlarining holatiga qarab, dvigatel qanday yonilg’ida ishlashini aniqlash mumkin. Injektorli avtomobillarda qo’llaniladigan 3-avlod gazballon jihozlarida benzin klapani o’rnida forsunka emulyatorlari ishlatiladi. Gazga o’tganda bu emulyator benzin forsunkalari ishini o’zida namoyon qiladi, bu o’z navbatida kompьyuterni avariya holatiga o’tishidan saqlaydi. SHuning uchun lyambda-zond emulyatorlaridan foydalanish zarur. 4-avlod gazballon jihozlari (12-rasm) qo’llanilganda, gaz maxsus forsunkalar orqali to’g’ridan-to’g’ri kiritish kollektorlariga yetkaziladi. Ular o’zining shaxsiy elektron boshqarish blokiga ega bo’lib, o’z ish tartiblarini nazoratlagich orqali muqobillashtiradi va emulyator rolini ham o’ynaydi.
Alohida sepish tizimlari universal va injektorli avtomobillar uchun mo’ljallangan. Bunday tizim bilan jihozlangan avtomobil o’z quvvatini yo’qotmaydi. CHiqindi gazlarning zaharlilik darajasi benzinda ishlagandagiga qaraganda ancha past. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida foydalanilayotgan gaz ballonli avtomobillarning aksariyati 2000 yillargacha “Rossiya” ishlab chiqilgan gaz yonilg’i tizimi bilan jihozlangan. SHuning uchun biz siqilgan va suyultirilgan gazda ishlovchi ZiL-138 avtomobilining yonilg’i-gaz tizimiga TXK tarkibi bilan tanishib chiqamiz. Avvalambor ekspluatatsiya jarayonida tizimda paydo bo’luvchi nosozliklar va ularning alomatlari bilan tanishamiz. Gaz ballonli uskunalarning nosozliklarini aniqlash, unga texnik xizmat ko’rsatishni maxsus tayyorgarlikdan o’tgan va tegishli guvohnomaga ega bo’lgan malakali avtochilangarlar o’tkazishi mumkin.
4-avlod gazballon jihozlari quyidagi afzalliklarga ega:1- yonilg’ini kam sarflash; 2- gaz yonilg’isida dvigatel quvvatini kam yo’qotish (1-2%); 3- YeVRO-2, YeVRO-3, YeVRO-4 ekologik me’yorlarini bajarish; 4- dvigatellardagi paqillashning yo’qligi; 5- avtomobilga o’rnatilgan o’z-o’zini diagnostikalash qurilmasi bilan nuqsonsiz ishlash (qo’shimcha emulyatorlar talab qilinmaydi); 6- o’rnatishda kam xatolikka yo’l qo’yilish va kam mehnat talab qilinish; 7- narxining eskirgan lyambda- tekshiruvchi tizimlar bilan bir hilligi.
rasm. Metan yonilg’isida ishlovchi Longas (4-avlod gaz ballon jihozlari) nomli alohida gaz yetkazish tizimining asosiy jihozlari: 1-reduktor; 2-gaz forsunkalarini elektron boshqarish bloki; 3-gaz filtri; 4-gaz forsunkasi(Matrix); 5-gaz klapani; 6-to’ldirish klapani; 7-ulagich; 8-bosim datchigi.
Tizimning asosiy nosozliklari tizim zichligining buzilishiga va gazning sizib chiqishiga bog’liqdir. Tizim klapanlari va korpus detallarining birikmalarini zich emasligi yuqori bosim reduktorining asosiy nosozliklari hisoblanadi. Drossel zaslonkalari ochilganda reduktorning chiqish joyida bosimning keskin pasayishi filtrni ifloslanganligidan dalolat beradi. Past bosimli gaz reduktorining asosiy nosozliklari – dvigatel ishlamayotganda klapanlar orqali gazni qo’yib yuborishi hamda gazni umuman yoki yetarli darajada uzatmasligidir. Birinchi bosqich klapanining zichsizligini past bosim manometri yoki eshitish orqali aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqich klapanining zichsizligi dvigatelning o’t olishini qiyinlashtiradi, salt ishlash rejimida dvigatelning ishlashini yomonlashtiradi, dvigatel to’xtagandan so’ng, gaz kapot osti bo’shlig’iga sizib chiqadi.
Birinchi bosqich diafragmasi zichligining buzilishi natijasida prujinaning rostlash gaykasidagi teshik orqali gaz sizib chiqadi. Ikkinchi bosqich diafragmasining zichligi buzilganda esa, gaz shu bosqichni rostlash nippelining qopqog’i orqali sizib chiqadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gaz yonilg’isida ishlaydigan dvigatellarning yonilg’i tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash texnologiyasi
|