|
Avtotransport vositalari servisi asoslari
|
bet | 85/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)Texnik xizmat ko’rsatish. Kundalik xizmat ko’rsatishda, gaz ballonlarining mahkamlanishi va gaz tizimining hamma birikmalari zichligi ko’rish orqali tekshiriladi. Ish kunining oxirida esa ballonlar armaturalari va sarflash ventillari zichligi tekshiriladi. Past bosimli gaz reduktoridan quyqum to’kiladi. Benzin o’tkazuvchi birikmalarda va elektromagnitli klapan-filtrda benzinning tomchilashi bor-yo’qligi tekshiriladi.
Davriy TXK da KXK da bajariladigan ishlardan tashqari, yuqori bosimli gaz reduktori saqlash klapanining ishlashi ham tekshiriladi. Magistral, to’ldirish va sarflash ventillarining shtoklaridagi rezbalar moylanadi. Magistral va yuqori bosimli reduktor filtrlarining elementlari yechib olinadi, tozalanadi va o’z o’rniga o’rnatiladi. Gaz tizimining zichligi siqilgan azot va siqilgan havo bilan tekshiriladi. Dvigatelning o’t olishi va salt ishlash rejimida qanday ishlashi, ham gazda,
ham benzinda tekshiriladi. Past va yuqori bosimli reduktorlarning zichligi tekshiriladi va lozim bo’lganda chiqishdagi bosim hamda saqlash klapanining ishga tushish bosimi rostlanadi (yuqori bosimli reduktorda). Past bosimli reduktorning birinchi va ikkinchi bosqichidagi bosim qiymati rostlanadi. Gaz ballonining saqlash klapanini hamda yuqori va past bosim manometrlarini qanday ishlashi tekshiriladi.
Karbyuratorning mahkamlanishi hamda aralashtirgich o’tkazgichini karbyuratorga
maxkamlanishi tekshiriladi. Isitgich yechiladi, tozalab yuviladi va uning zichligi tekshiriladi, zaslonkani hamda uning yuritmasini qanday ishlashi tekshiriladi, so’ng o’z joyiga o’rnatiladi. Havo filtri yechiladi va tozalab yuviladi, uning vannasiga toza moy quyiladi. Aralashtirgich tekshiriladi
va lozim bo’lganda, ishlatilgan gaz tarkibidagi uglerod oksidining eng kam miqdoriga rostlanadi. Mavsumiy xizmat ko’rsatish karbyurator-aralashtirgich, reduktorlar, filtrlar va elekromagnitli to’sish klapanlarini qismlarga ajratish, tozalash va rostlash ishlarini o’z ichiga oladi. Yuqori bosimli reduktori saqlash klapanining ishga tushish bosimini ham tekshirib ko’rish lozim. Uch yilda bir marta gaz ballonlari ko’rikdan o’tkaziladi. Qishda ishlatishga tayyorlashda cho’kindilar to’kiladi va avtomobilning benzin baki yuviladi.Gaz o’tkazgichlar va birikmalarni nozichligi quyidagicha bartaraf
etiladi:
Yuqori bosimli reduktor va ballonlar orasidagi trubkani ta’mirlash yoki almashtirish uchun (tashqi tomoni qizil bo’yoq bilan bo’yalgan) ballonlarni sarflash ventillari berkitiladi, tizimdagi gaz ishlatib bo’lingandan yoki chiqarib yuborilgandan so’ng qismlarga ajratiladi va trubka almashtiriladi.
Birikmalarni zichsizligi gaykalarni qo’shimcha burash bilan tuzatiladi. Agar bu natija bermasa, u holda birikma qismlarga ajratiladi, trubka uchini nippel bilan birgalikda kesib tashlanadi va yangi nippel kiydirilib birikma yig’iladi, bunda trubkaning yuza qismi shtutserning
ichki yuza qismiga qadalib turishi lozim.
SHikastlangan rezinali shlanglar almashtiriladi. Yuqori bosimli reduktor gazning bosimi reduktordan chiqishda 1,2 MPa bo’lishini ta’minlashi kerak. Rostlash ishlarini bajarishda (13-rasm) bosimni ko’paytirish uchun vint(1) soat strelkasi bo’yicha
aylantiriladi.
rasm. Yuqori bosimli gaz reduktori: 1-rostlash vinti, 2- kontrgayka, 3-vtulka, 4-prujina tarelkasi, 5-prujina, 6-saqlash klapani, 7-membrana, 8-tashlama gayka, 9-reduktsion klapan, 10- reduktor korpusi, 11-klapan korpusi, 12-filtr, 13- vint, 14-shayba
Past bosimli reduktor filtrining to’rini tozalash uchun krestovinadagi magistral ventil berkitiladi, gazni ishlatib bo’lib, o’t oldirish tizimi uchiriladi, filtrlovchi elementni bo’shatib chiqariladi, to’rni yechib olinadi va uni benzin, atseton yoki boshqa erituvchida yuviladi, so’ng siqilgan havo bilan purkaladi. Reduktorni avtomobilda rostlash mumkin, buning uchun qisqa chiqarish quvurining teshigiga (14-rasm), pezometrni (2) ulaydigan trubkasi bo’lgan tiqin (4) o’rnatiladi. Tagqopqoqning qisqa quvurini pьezometrga(1) shlang yordamida, oldindan tayyorlangan uchlik (5) orqali ulanadi. Trubkalar(6 va 8) orqali vakuumli nasos yordamida reduktorni yuksizlantirish qurilmasidagi bo’shliqda siyraklanish hosil qilinadi. Birinchi bosqich bo’shlig’ini kirish joyiga filtr shtutseriga ulangan shlang (15) orqali, kompressorda 0,22-0,6MPa bosimgacha siqilgan havo uzatiladi. Birinchi bosqich bo’shlig’idagi gaz bosimi 0,18-0,20 MPa bo’lishi lozim. U gayka (1) bilan rostlanadi (qotirilgan holatda bosim ko’payadi) va manometr (10) orqali nazorat qilinadi. Rostlashdan so’ng kontrgayka (13) qotirib qo’yiladi.So’ngra ikkinchi bosqich klapanining ochilishi rostlanadi. Buning uchun qopqoq (3) yechib olinadi, chegaralovchi gayka bo’shatiladi va rostlash vintini, ikkinchi bosqich klapanidan havo chiqishi boshlanguncha bo’shatiladi.
rasm. Past bosimli reduktorni rostlash: 1,2- p’ezometrlar, 3-reduktor qopqog’i, 4-trubkali tiqin, 5-uchlik, 6, 8, 15-trubkalar, 7-
ekonomaizer qurilmasining qopqog’i, 9- reduktorni ikkinchi bosqichi, 10-haydovchi kabinasidagi manometr, 11-birinchi bosqichning rostlash gaikasi, 12-manometr datchigi, 13,17- chegaralovchi gayka, 18-ikkinchi bosqichning rostlash nippeli, 19-shtok sterjeni
Rostlash vintini 1/8 -1/4 marta aylantirib qotiriladi, klapan orqali chiqayotgan havo to’xtaganini eshitish yo’li bilan aniqlab, so’ng chegaralovchi gayka qotirib qo’yiladi. 6 va 8 trubkalar orqali yuksizlantirish qurilmasi bo’shlig’ida siyraklanish hosil qilinadi va uning miqdori pezometrga(1) qarab 0,7-0,8kPa chegaragacha keltiriladi. Bunda ikkinchi bosqich klapani ochilishi kerak. Uni rostlangandan so’ng ikkinchi bosqich bo’shlig’ida, pezometr(2) bo’yicha, nippelni (18) aylantirish bilan atmosfera
bosimidan 0,05-0,07kPa ga ortiq bo’lgan bosim hosil qilinadi, bu paytda yuksizlantirish qurilmasida avvalgi siyraklanish mavjud bo’ladi. So’ng kontrgayka(17) qotiriladi va sterjenning(19) yo’li tekshiriladi. Agar sterjenning yo’li ikkinchi bosqich klapani ochilganda 5mm dan kam bo’lsa, reduktorni yechib nosozlikni bartaraf etish lozim. Reduktorni rostlashda, avval, ikkinchi bosqich klapanining yo’li tekshiriladi: tekshirishni ikkinchi bosqich diafragmasining sterjeni yo’li bo’yicha amalga oshiriladi (bu yo’l 5mm dan kam bo’lmasligi kerak).
Gaz dvigatelini yurgizish paytida yuqori bosim manometri bo’yicha ballondagi gaz miqdori tekshiriladi (bosim 1,2MPa dan ko’p bo’lishi lozim), ballonlardagi sarflash ventillari va krestovinadagi magistral ventil ochiladi. Yonilg’i turini almashlab ulagichi «Gaz» holatiga qo’yiladi, drossel zaslonkasini qo’l bilan boshqariladigan tugmachasini esa shunday holatga qo’yish lozimki, bunda qizigan dvigatel 700-800 min-1 aylanish chastotasini hosil qilsin. O’t oldirish tizimi va starter ulanadi (aylantirish vaqti 5s dan oshmasligi lozim). Dvigatel ishlay boshlashi bilanok sterter uziladi va 1-2 daqiqadan so’ng drossel zaslonkasini sekin-asta bir oz ochiladi hamda valning 800-1000 min-1 aylanishlar chastotasida dvigatel qizdiriladi. Drossel zaslonkasini qo’l bilan boshqariladigan tugmachasi to’la ochiq holatga keltiriladi. Dvigatelni gaz bilan o’t oldirishda havo zaslonkalarini berkitish tavsiya etilmaydi, chunki bunda aralashma boyib, dvigatelni o’t oldirish qiyinlashadi. Agar dvigatel o’t olgan yoki benzinda ishlayotgan bo’lsa, u holda uni gazga o’tkazish uchun ballonlardagi va krestovinadagi ventillar ochiladi, yonilg’i turini almashlab ulagichini «O» holatiga, so’ngra po’kakli kameradagi benzin ishlatib bo’lingandan keyin (dvigatel notekis ishlay boshlaydi) almashlab ulagichni «Gaz» holatiga o’tkaziladi va shu bilan dvigatel gazda ishlay boshlaydi. Gazdan benzinga o’tishni teskari tartibda amalga oshiriladi.
|
| |