-rasm. Momentoskop: 1-shisha naycha, 2-plastmassa trubka, 3-po’lat naycha, 4-gayka 9-rasm




Download 9,4 Mb.
bet83/162
Sana13.05.2024
Hajmi9,4 Mb.
#228444
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   162
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

8-rasm. Momentoskop: 1-shisha naycha,
2-plastmassa trubka, 3-po’lat naycha, 4-gayka

9-rasm. Forsunkalarni tekshirish asbobining ko’rinishi

SDTA jihozlari korpusining nasosni aylantiradigan vali tomoniga darajalarga bo’lingan disk nasosning kulachokli valini, jihozdagi yuritma val bilan biriktiradigan muftaga esa strelka o’rnatilgan. Birinchi tsilindr trubkasidagi yonilg’ining harakatlanishini boshlangich oni sanoq boshi 0° deb qabul qilinadi.
KamAZ-740 dvigateli tsilindrlarining ishlash tartibiga (1-5-4-2-6-3-7-8) mos ravishda, boshqa tsilindrlarga yonilg’i berilishini boshlanishi nasosning kulachokli vali quyidagi burchaklarga burilganda sodir bo’ladi: 5-tsilindrga (nasosning 8-sektsiyasi)-45°, turtinchiga (4-sektsiya)-90°, ikkinchiga (5- sektsiya)-135°, oltinchiga (7 sektsiya)-180°, uchinchiga (3 sektsiya)-225°, yettinchiga (6-sektsiya)-270° va sakkizinchiga (2 sektsiya)-315°. Bunda birinchi sektsiyaga nisbatan har bir sektsiyadan yonilg’i berishning boshlanishi orasidagi intervalning noaniqligi 0,5°dan ortib ketmasligi kerak. Yonilg’i berishning boshlanishi yonilg’i purkalishini ilgarilatish muftasini yechib qo’ygan holda tekshiriladi.
KamAZ-740 dvigatelidagi yuqori bosimli yonilg’i nasosi konstruktsiyasining o’ziga xos tomoni shundan iboratki, sektsiyalar nasos korpusidan alohida qilib tayyorlangan va sektsiya o’z korpusi bilan yig’ilgan holatda almashtirilishi mumkin. Kulachokli valning burilish burchagiga qarab, har bir sektsiyadan yonilg’i berishning boshlanishi, turtkich tovonining qalinligini o’zgartirishi bilan rostlanadi; tovon qalinligini 0,05 mm ga o’zgarishi 0° 12’ burilish burchagiga to’g’ri keladi. Nasos jihozda
sinalayotganda, har bir sektsiya berayotgan yonilg’ining miqdori, jihozning forsunkalar (2) ostidan maxsus to’siqchani avtomatik ravishda olib qo’yadigan qurilmasidan foydalangan holda, menzurkalar (3) yordamida aniqlanadi.
Sinov soz va rostlangan forsunkalar to’plami bilan birgalikda o’tkaziladi. U forsunkalar nasos sektsiyalari bilan bir xil (600±2mm) uzunlikdagi yuqori bosimdagi naychalar vositasida biriktiriladi. Plunjerning bitta yo’lida sektsiya beradigan yonilg’i miqdori (davriy uzatish) KamAZ-740 dvigateli uchun 75,0- 77,5 mm3/tsiklni tashkil qilishi kerak. Nasos sektsiyalari berayotgan yonilg’ining notekisligi
±5% dan oshmasligi lozim. Sektsiyalar ishlab chiqarish qobiliyatining (Vf) farqi quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda: Vmax - eng ko’p ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan sektsiyaning ko’rsatgichi, mm3 Vmin - eng kam ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan sektsiyaning ko’rsatkichi, mm3


Nasosdagi har bir sektsiyaning yonilg’i berishi sektsiya korpusini nasos korpusiga nisbatan burish orqali rostlanadi. KamAZ-740 dvigateli nasosining sektsiyalari soat strelkasiga qarshi burilsa, tsiklik yonilg’i uzatish ortadi, soat strelkasi bo’yicha burilsa, kamayadi. Dizel forsunkalarida zichlik, ignani ko’tarilishi boshlanadigan bosim va yonilg’ini purkash sifati tekshiriladi. Nosoz forsunkani ishlab turgan dizelda, tekshirilayotgan forsunkaning tashlama gaykasini bir oz bo’shatib aniqlash mumkin. Forsunkalar gaykasini navbatma-navbat bo’shatib, tirsakli valning aylanishlar chastotasini kuzatish kerak. Agar soz forsunka uzib qo’yilsa, u holda dizel notekis ishlaydi. Nosoz forsunka uzilsa, dvigatelning ishlashi o’zgarmaydi.
Forsunkalar holatini NIIAT-1609 asbobida to’liq tekshirish mumkin. Bu asbob yonilg’i bakchasidan (1), dastasi bilan harakatga keltiriladigan yonilg’i nasosidan va manometrdan iborat. Forsunka-2 asbobga o’rnatilgandan so’ng, richag (7) vositasida bosim asta-sekin oshiriladi.
KamAZ-740 dizeli forsunkasidagi yopiq to’zitgich korpusining zichligini jihozda, bosimni 17- 17,5MPa, Isuzu avtomobili forsunkasini 18,1- 21,6 MPa oralig’ida bir daqiqa mobaynida ushlab turib, aniqlanadi. To’zitgich tumshug’idan 1 daqiqa davomida ikki tomchidan ortiq yonilg’i hosil bo’lib tomsa, bunday to’zitgich ishlatishga yaroqsiz deb hisoblanadi. Bu holatda plunjer juftligi yangisiga almashtirilishi lozim. Quyida forsunkaning yonilg’ini sepish holati shakllari keltirilgan (10- rasm).


  1. rasm. Forsunkaning yonilg’ini sepish holatlari: 1-me’yoriy; 2-nuqsonli(sepish teshiklari kirlangan); 3- nuqsonli (tomchilab sepilish).

To’zitgich teshiklarini qurum bosganda, ularni (forsunkani qismlarga ajratilgandan so’ng) ingichka po’lat sim bilan tozalash va etillanmagan benzinda yuvish kerak bo’ladi. Yonilg’i baklariga xizmat ko’rsatishda ular yechib olinadi va avvalo, quyqalardan tozalanguncha kaustik sodaning 5 foizli issiq suvdagi eritmasi bilan, so’ng oqib turgan suv bilan yuviladi. CHiqindi gazlarning tutashi tutun o’lchagich yordamida aniqlanadi. Tutashni o’lchash TXK da va ta’mirdan so’ng yoki yonilg’i apparaturalarini rostlash paytida, ko’zg’almasdan turgan avtomobilning dvigatelini salt ishlashidagi ikki xil rejimda: erkin tezlanishda (tirsakli valning aylanishlarini minimal chastotadan maksimal chastotaga yetguncha tezlanishi) va valning eng yuqori maksimal chastotali aylanishlarida amalga oshiriladi.
Ishlatilgan gazlarning tutashi ularning optik zichligiga qarab baholanadi va foizlarda ifodalanadi. KamAZ, MAZ va KrAZ avtomobillarining dvigatellarida ishlatilgan gazlarning tutashi, erkin tezlanish rejimida 40 foizdan, eng yuqori (maksimal) chastotali aylanishlarda 15 foizdan oshmasligi kerak.

Download 9,4 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   162




Download 9,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Momentoskop: 1-shisha naycha, 2-plastmassa trubka, 3-po’lat naycha, 4-gayka 9-rasm

Download 9,4 Mb.