Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN: 2181-1784
4(01), Jan., 2024
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
www.oriens.uz
492
AVTOTRANSPORT VOSITALARINING ATROF-MUHITGA SALBIY
TA’SIRLARI VA UNING TAHLILI
N.M.Qo‘ziyev
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘qituvchisi
J.R.Mengliqulov
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi,
ANNOTATSIYA
Maqolada avtomobil transportining butun dunyoda, xususan mamlakatimiz
miqyosida rivojlanishi va buning natijasida yuzaga kelgan bir qator muammolar
hamda uning sabablari o’rganildi. Qolaversa, statistika ma’lumotlariga tayangan
holda avtomobillar sonining yillar kesimida ortib borishi, uning atrof-muhit va
ekalogiyaga salbiy ta’sirlari aniq raqamlar asosida tahlil qilinib takliflar berildi.
Kalit so’zlar: Avtotransport vositalari, chiqindi gazlar, ichki yonuv
divigateli(IYoD), is gazi, azon qatlamining yemirilishi, ekalogiyaning ifloslanishi,
avtomobillarning
shovqin
ta’siri,
glabol
muammolar,
texnosfera,
ekologizatsiyalashtirish.
ABSTRACT
In the article, the development of automobile transport in the whole world,
especially in our country, and a number of problems that have arisen as a result of it
and its causes have been studied. In addition, based on statistical data, the increase
in the number of cars over the years, its negative effects on the environment and
ecology were analyzed and suggestions were made.
Keywords: Vehicles, exhaust gases, internal combustion engine (IYoD), carbon
dioxide, erosion of the ozone layer, environmental pollution, noise impact of cars,
global problems, technosphere, environmentalization.
KIRISH
Dunyo bo’yicha kishi boshiga necha avtomobil tog’ri kelishini bilasizmi?
Ammo bu ko’rsatkich o’rtacha 1000 kishiga qancha avtomobil to’g’ri kelishi
bo’yicha qaraladi. Ushbu stastistikaga ko’ra Monoko davlati 908
ta bilan
peshqadamlikda turibdi, AQSH 802 ta avtomobil bilan 2- o’rinni egallagan.
Lixtenshteyn(796), Islandiya(746), Malta(743), Lyuksemburg(739), Avstraliya(730),
Qatar(724), Yangi Zelandiya(718), Bruney(696) kabi davlatlar esa top 10 talikdan joy
olishgan.