|
"Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi maxsus fan o’qituvchisi o’sarova Gulruh Samatovnaning
|
bet | 5/10 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 219 Kb. | | #302 |
Davlat organlari veb-saytlari
Milliy www.uz qidiruv tizimiga murojaat qilamiz. UZ domen hududida 11ta vazirlik, 11ta davlat qo‘mitasi, yettitadan turli agentlik, inspeksiya va markazlar, shuningdek, hokimiyatlar va yana bir qator davlat organlari rasmiy veb-saytlari ishlayapti. Davlat soliq qo‘mitasi (soliq.uz), Elektron hisobot (e-hisobot.uz) va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali (gov.uz) saytlari kunlik tashriflar (xostlar) va uni sahifalash (xitlar) ko‘rsatkichi bo‘yicha davlat organlari saytlari orasida yetakchi uchlikni band etib turibdi (3233-109735; 3138-158624; 2488-10980). Bu uch sayt UZ domeni umumiy reytingida muvofiq ravishda 41, 42 va 51-pog‘onalarda joylashgan (2012 yil 31 yanvar).
Umumiy reyting yetakchi o‘nligidan Uz-kino.com, Torg.uz, OLAM.uz, Lyrics.UZ, Mover.uz, TAS-IX.NET, NNM.uz, UFF.UZ, MyTube, Uz-Translations kabi saytlar o‘rin olgan. Bularning naq yettitasi mediakontentga asoslangan ko‘ngilochar saytlar, qolganlari futbol, til o‘rganish, oldi-sotdi yo‘nalishlaridadir. E'tiborli tomoni, ularga bir kunda o‘rtacha 8 mingdan 17 mingtagacha internet foydalanuvchisi tashrif buyuradi.
Saytlarni o‘rganish davomida milliy internet segmentida o‘zimiz uchun hali ma'lum bo‘lmagan qirralarni kashf etib, ba'zi bir an'analar shakllanganiga ham guvoh bo‘ldik.
|
| |