|
- bir tomonlama o‘zaro hamkorlik — elektron shakldagi hujjatlarning har xil formularlaridan foydalanish imkoniyatini berish
|
bet | 8/10 | Sana | 19.03.2017 | Hajmi | 219 Kb. | | #302 |
- bir tomonlama o‘zaro hamkorlik — elektron shakldagi hujjatlarning har xil formularlaridan foydalanish imkoniyatini berish;
- ikki tomonlama axborotni ayirboshlash — so‘rov bo‘yicha qabul qilish, tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish);
- elektron shakldagi ma'lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan, xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash shaklida ko‘rsatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, hokimiyat veb-saytlarining "Interaktiv xizmatlar" bo‘limlaridan virtual qabulxona savol-javoblar, normativ hujjatlar, grantlar, tenderlar, "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati, ariza, shikoyatlarni to‘ldirish namunalari va boshqalar o‘rin olgan. Ular ko‘proq ma'lumot berish xususiyatiga ega. Bizningcha, muayan bir shaxsning muayan masaladagi murojaati, talabini oxirigacha bajarishga yo‘naltirilgan taqdirda, interaktivlik to‘g‘ri amalga oshadi. Vikipediya onlayn ensiklopediyasida interaktivlikka shunday ta'rif berilgan: "Interaktivlik tizimni tashkil etish tamoyili bo‘lib, muayan maqsadga shu tizim elementlari axborot almashuvi orqali erishiladi". Oddiyroq aytganda, masalan, mobil telefon orqali ma'lum bir saytga kirib, qandaydir dastur yoki o‘yinni telefonga yuklab olish ham nazarimizda interaktivlikning bir ko‘rinishidir. Ya'ni, virtual vosita orqali real maqsadga erishiladi.
Yuqorida UZ domeni yetakchilari bejizga sanab o‘tilmadi. Nega har kuni eng ko‘p foydalanuvchilar bu saytlarga tashrif buyurishadi? Balki ularning yutug‘i aynan interaktivlik xususiyatidadir. Masalan, Torg.uzga kirgan kishi qaysidir ma'noda o‘zi istagan mahsulotni aynan shu onlayn muhitda qidirib topayotgandir, Mover.uz, MyTube mediasaytlari ular boshqa joyda topa olmagan kontentni taqdim etayotgandir. Bu masalaning bir tomoni, albatta. Balki bu saytlarning ommaviyligi ularning ko‘ngilochar yo‘nalishda bo‘lganidir. Negaki, hozircha, sir emas, ko‘pchilik internetni ko‘ngilochar vosita deb biladi. Ammo shunisi haqiqatki, bu saytlar muntazam yangilanib, dizayn va boshqa ko‘rsatkichlar borasida takomillashib borapti.
Ba'zi bir davlat organlari saytlari haqida so‘z borar ekan, bunday deyish qiyin. Deylik, biron-bir idora saytidan o‘zingizni qiziqtirgan savolga javob ham oldingiz. Lekin, baribir masalani tugal hal qilish uchun shu idoraga qadam ranjida qilishingizga to‘g‘ri keladi. Ayrim saytlarning faqat axborot beruvchi vositaga aylanib qolayotganini ham ta'kidladik. Ammo shunisiyam borki, axborotlar muntazam yangilanib borayotganini ularning hammasida ham kuzatmaysiz. Bu mazkur tashkilotlarda axborot xizmatlarining ishi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan degan tasavvur uyg‘otadi.
Davlat salohiyati zamonaviy axborot tizimining shakllanganlik darajasi bilan o‘lchanadigan zamonda yashayapmiz. Internet makonini bitta maqolada, bitta kuzatishda qamrab olish qiyin masala. Zero, u betinim rivojlanib, kengayib boraveradi. Eng muhimi, bugun bir qarashda arzimasdek tuyulgan, kichik bir muammo ertaga taraqqiyot yo‘limizda to‘siq bo‘lishi mumkinligini unutmasak bo‘lgani.
Domen – bu cheksiz internet ummonidagi serverlardan birida joylashgan qaysidir saytga olib boradigan manzil hisoblanadi. Aslida Siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingizni qaysidir serverga joylashtirganingizda, saytingiz manzili (server nuqta’i nazaridan) qandaydir IP manzilga teng bo’ladi. Masalan, 192.168.162.134 Bunday IP manzilni eslab qolish qiyin. Agar domen bo’lmaganida saytingizga tashrif buyurish uchun foydalanuvchilar saytingiz IP manzilini eslab qolishlari va brauzerlariga 192.168.162.134 deb yozish orqali saytingizga kirishlari kerak bo’lar edi. Domen afzalligi shundaki, u tushunarsiz va eslab qolish qiyin bo’lgan IP manzillarni odamlarga tushunarli, eslab qolish oson bo’lgan chiroyli sayt nomlari aylantiradi. Shuning uchun ham domen sotib olganingizda eng avvalo bu domenni hostingingiz IP manziliga ulab qo’yasiz. Shunda domen nomi saytingiz IP manzilining tarjimasi bo’lib qoladi. Har safar foydalanuvchilar o’z brauzerlarida domen nomingizni yozishsa, bu domen hostingingiz serverining IP manzilini chaqiradi va foydalanuvchiga saytingiz ko’rsatiladi!
Misol uchun, azamat.uz sayti hostingining sayt joylashgan qismi uchun IP manzili 192.168.111.222 deb hisoblaylik. Mening saytimga kirish uchun foydalanuvchilarning bu IP manzilni yozishlari ularga qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Bu o’rinda foydalanuvchilar uchun eslab qolish oson va tushunarli bo’lgan domen bor. Ular mening saytimga tashrif buyurishlari uchun mening ismimga moslab ochilgan domenni o’z brauzerlarida ochishlari kifoya bo’ladi. Sayt tarkibi esa quyidagi tartibda ularga yetkaziladi:AZAMAT.UZ -> 192.168.111.222 -> SAYT
Domen ismlarda «domen hududi» degan tushuncha mavjud. Bu hududlar saytlarning u yoki bu turga ta’luqli ekanligini ko’rsatib turadi. Hozirgi kunda eng mashxur domen ism hududlariga .com (kommersiya-tijorat saytlari), .net (internet), .info(informatsiya-ma’lumot saytlari), .edu (education-ta’lim sohasiga oid saytlar), .org(organisation-tashkilot saytlari), .gov (government-hukumat saytlari) va boshqa davlat kodi yuqori bosqichli domenlar (country code top-level domains – ccTLD) kiradi.
ccTLD domenlari qaysidir davlat nomi qisqarmasiga asoslangan domen hududlariga bo’linadi. Masalan, O’zbekiston uchun .uz domenlari, Rossiya uchun .ru domenlari, Fransiya uchun .fr domenlari va hokazo. Har bir domen hududini o’ziga tegishli bo’lgan davlat boshqaradi. Misol uchun, .uz domenlariga O’zbekistondan boshqa hech qaysi davlat ro’yxatdan o’tkazish huquqiga ega bo’la olmaydi.
Domen ismlar domen registratorlari orqali amalga oshiriladi. Har bir domen nomi faqat bir marta ro’yxatga olinishi mumkin va uning nusxalari bo’lishi mumkin emas. Masalan, azamat.uz sayti men tomonimdan band qilingan va bu domen (toki men undan vos kechmagunimcha) boshqalar tomonidan ro’yxatga olinishi mumkin emas.
U yoki bu domenning bandligi yoki ro’yxatga olinish uchun bo’shligini tekshirish domen registratorlarining whois so’rovi yordamida tekshirilishi mumkin. O’zbekiston domen registratorlari boshlig’i ccTLD.uz hisoblanadi. Bu saytga www.cctld.uz yoki oddiygina www.whois.uz domeni orqali kirish mumkin. ccTLD.uz saytiga tashrif buyurib Siz O’zbekiston domen registratorlari haqida ma’lumot olishingiz va saytning chap tomon menyudan pastki qismida joylashgan kichik forma orqali qaysidir domenning bo’shligi yoki bandligini tekshirishingiz mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
- bir tomonlama o‘zaro hamkorlik — elektron shakldagi hujjatlarning har xil formularlaridan foydalanish imkoniyatini berish
|