|
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar» Pdf ko'rish
|
bet | 11/389 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 14,92 Mb. | | #263543 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizmlar. Dadabayeva R.A, Shoaxmedova N.X, Ibragimova L.TAvtomatlashtirish
- bu inson ish faoliyatini mashina va
mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va
iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kom-
pleksidan iborat bo ‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv
jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini
qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
Avtomatlashtirish qachon zarur b o ‘ladi?
Quyidagi hollarda
boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnolo-
giyani avtomatlashtirish zarur b o ‘ladi:
•insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur
jarayonni boshqarish uchun etarli bo‘lmasa;
•
boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun havfli
muhitda bo‘Isa;
•boshqaruv jarayonlarida ishtirok etish kishidan o ‘ta yuqori
malakani talab etsa;
•boshqarish kerak b o ‘lgan jarayon o ‘ta tang yoki avariya
holatida b o ‘Isa.
M illiy iqtisodiyotni boshqarishda axborot tizimlarining tashkil
qilinishi va faoliyat yuritishi
avtomatlashtirilgan
axborotlar
tizimining (AAT)ning asosiy tarqibiy qismi - axborot texno
logiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Avtomatlashtirilgan
axborot texnologiyalari
(AATex)
-
boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rivojlangan dasturiy ta’min-
lanish, hisoblash texnikasi va aloqaning foydalanilgan vositalari
hamda axborotlami mijozlarga taklif qilishning usullarini qo‘llash
asosida axborotlami yig‘ish, ro ‘yhatga olish, uzatish, jamlash,
qidirish, ishlab chiqish va himoyalash operatsiyalarini amalga
oshirish usullari va vositalarining tizimiy tashkil qilingan majmuidir.
Texnologiya
deganda keng m a’noda uch xil: axborotli, uskunaviy
va ijtimoiy nuqtai nazarlami o ‘z ichiga oluvchi moddiy boyliklam i
ishlab chiqarish haqidagi fan tushuniladi.
14
|
| |