Boshqaruv tizimining darajasi bo'yicha umumdavlal v;i
tarmoqlararo
boshqarish organlari, tarmoq va hududiy boshqarish
organlari, tashkilotlarining axborot tizimlariga ajraladi.
13.5. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining
tarkibiy jihatlari.
Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot
tizimi
— tashkilotning maqsadidan
kelib chiqadigan talablarga
muvofiq axborotlami y ig ‘ish, qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish
uchun mo‘ljallangan standart
protseduralar, xodimlar, dasturiy vositalar, asbob-uskuna,
ma’lumotlaming o‘zaro bog‘langan majmuidir.
Konseptual
nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi - bu
operatsiyani bajaruvchi tizim va boshqamvchi tizim o‘rtasidagi
vositachi sanaladi.
Axborot tizimining funksional modeldan ko‘rinib turibdiki,
axborot tizimining sohasi axborot obyektlari majmuidan iborat
axborot makonini ifodalaydi. Umuman
olganda axborot makoni bir
xilda emas, chunki unda axborotlaming yuzaga kelishi, tashkil
etilishi va joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot obyektlarini
o‘zida saqlaydi.
Tizim orqali barcha axborotlaming yuzaga kelishini quyidagi
asosiy protseduralarga ajratish mumkin: saqlash,
qidirish, qayta
ishlash, kiritish va chiqarish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi,
to‘rtinchi va beshinchilari esa mazkur tizim bilan axborot manbai va
tashqi muhit o'rtasidagi aloqani ta’minlaydi.
Axborot muhiti o‘zaro bog‘langan uchta tarkibiy qismni o‘z
ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborol-
kommunikatsiya
texnologiyalari, boshqaruvning ishtirok etuvchi
obyektlari.
Axborot infratuzilmasi axborotlami o‘z maqsadlariga erishish
uchun foydalanadi.
343
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilami
/arur texnologiyalar bilan ta’minlash vositasi sanaladi.
Axborot infratuzilmasi doirasida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari foydalanuvchilari ham o‘zaro harakatlanuvchi o‘ziga
xos muhit sifatida ko‘rib chiqiladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam
(xodim), texnik vositalar, axborot va dasturiy ta’minot. Ular
birgalikda boshqaruv usullari uchun ma’lumotlami qayta ishlaydi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional
qismlarga ega. Ta’minlovchi qism axborot, texnik,
matematik,
dasturiy, tashkiliy, huquqiy, uslubiy, ergonomik, psixologik va
lingvinistik ta’minotdan iborat bo‘ladi.