Axborot ta ’minoti - tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlami
tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotlami tasniflash va
kodlashtirish, hujjatlami
unifikatsiyalashtirish tizimi, axborot oqimlarining yagona
tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining shuningdek, ma’lumotlar
bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
Texnik ta ’minot. Texnik ta’minot - axborot tizimlari ishi uchun
mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu
vositalar va texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir.
Matematik ta ’minot. Matematik ta’minot - axborot tizimlarida
vazifalami hal etishda foydalaniladigan axborotlami qayta ishlash
algoritmi va modellari, matematik uslublari majmui.
Dasturiy ta ’minot — bu axborot tizimlarining maqsad va
vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek,
texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir.
Uslubiy ta ’minot va tashkiliy ta ’minot - axborot tizimiarini
ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining
texnik vositalar bilan va o‘zaro ta’sirini belgilovchi metodlar,
vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik ta ’minot (sharoit) — ish joylariga, axborot
modellariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik
344
talablardan iborat hujjatlar, ulami amalga oshirish usull;iri
to'plamidir. Maqsad - xodim ishining yuqori samaradorligini
ta’minlash.
Huquqiy ta ’minot - axborot tizimlarining huquqiy maqomi va
uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir.
Lingivinistik ta ’minot — axborot tizimlari xodimlari va texnik,
dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqat tili majmui (til
vositasi), shuningdek, axborot tizimlarida foydalaniladigan atamalar
majmui kiradi.