Bunday yondashuvni amalga oshirishga misol sifatida kirishni
boshqarishning
ayrim
vositalarini,
ixtisoslashgan
antivirusli
dasturlami keltirish mumkin.
Bunday yondashuvning afzal tomoni shundaki, bunda aniq
tahdid bexato tanlab olinadi. Uning sezilarli kamchiligi esa
axborotlarga ishlov berishning yagona himoyalangan muhiti
yo‘qligidadir.
Kompleks yondashuv AXda axborotlarga ishlov berishning
himoyalangan muhitini yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu muhit
tahdidlarga qarshi aks ta’siming turli xil chora-tadbirlarini yagona
kompleksga birlashtiradi. Axborotlarga ishlov
berishning himoyalangan muhitini tashkil etish AXni ma’lum
darajada kafolatlash imkonini beradi, bu esa kompleks yon
dashuvning shubhasiz afzalligidan dalolatdir. Bu yondashuvning
kamchiliklari quyidagilardan iborat: AX foydalanuvchilarining
harakat erkinligi cheklanganligi, himoya vositala-rini o ‘matish va
sozlashdagi xatoliklarga yuqori darajadagi sezgirlik, boshqarish-ning
murakkabligi.
Xavfsizlik siyosati m a’muriy-tashkiliy choralar, jismoniy va
dasturiy-texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi hamda himoya
tizimi arxitektu-rasini belgilab beradi. Har bir muayyan tashkilot
uchun xavfsizlik siyosati maxsus ishlab chiqilishi hamda undagi
axborot ustida ishlashning aniq texno-logiyasi va qo‘llanayotgan
dasturiy, texnik vositalarga bog‘liq boiishi kerak.
Xavfsizlik siyosati tizim obyektlariga murojaat qilish tartibini
belgi-lab beruvchi kirishni boshqarish usuli bilan belgilanadi.
Xavfsizlik siyosati-ning ikkita asosiy turi farqlanadi: