-rasm. MATLAB tizimi asosiy oynasi




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/52
Sana20.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#245827
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bog'liq
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

 
2.36-rasm. MATLAB tizimi asosiy oynasi. 
 
MATLAB tizimining asosiy oynasi quyidagi bo’limlardan iborat: 
1. Sarlavha satri;
2. Asosiy menyular satri;
3. Uskunalar paneli;
4. Ishchi soha; 
5. Komandalar ishchi varag’i; 
6. Oxirgi yozilgan komandalar ro’yxati;
 
7. Holat satri.
 
Asosiy menyular satri quyidagi menyulardan iborat. 


81 
 
2.37-rasm. Menyu buyruqlari. 
 
Fayllar bilan ishlaydigan standart buyruqlarni o’z ichiga olgan File 
menyusining 1-bandi New buyrug’i bo’lib, unda M-file, Figure, Model, GUI 
bandlari mavjud.
New+M-file – yangi M-file yaratish 
New+Figure – yangi figura(grafik oyna) yaratish 
New+Model – yangi model yaratish 
New+GUI – yangi FGI( Foydalanuvchining Grafikli Interfeysi)ni yaratish va h.k.z. 
MATLAB ning ishchi varag’i tom ma’noda uch qismga bo’linadi: 
1. Buyruqlarni kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq 
satri >> simvoli(bu simvol avtomatik tarzda buyruqlar satrining boshida bo’ladi va 
uni yozish shart emas) bilan boshlanadi; 


82 
2. Natijani chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so’ng 
hosil bo’lgan ma'lumotlar (analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) ni o’z ichiga oladi; 
3. Matnli izohlar maydoni - ro’y bergan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga 
izohlar, turli xarakterdagi xabarlar. Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) 
orqali amalga oshiriladi.
 
Oddiy arifmetik amallar. 
MATLAB da arifmetik amallar yetarlicha kengaytirilgan, hamda 
matritsaviy va arifmetik amallarni o’z ichiga oladi. Quyida arifmetik va 
matritsaviy amallar keltirilgan: 
2.38-rasm. MATLAB amallari 
MATLAB da matematik ifodalar ma’lum bir bajarilish tartibiga asosan 
bajarililadi. Avval mantiqiy amallar, so’ngra arifmetik amallar: avval daraja
keyin ko’paytirish va bo’lish, undan keyin esa qo’shish va ayirish bajariladi. 
Agar ifodada qavslar bo’lsa, avval qavs ichidagi ifoda yuqoridagi tartibda 
bajariladi. 


83 

Download 1,98 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish