Ma’ruza 1.  Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish. Axborot




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/52
Sana20.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#245827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

Ma’ruza 1. 
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish. Axborot 
kommunikatsion texnologiyalarining komponentalari. 
Reja: 
1. “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining mohiyati, maqsadi va 
vazifalari.
2. Zamonaviy axborot texnologiyalarining hozirgi zamondagi o’rni va 
rivojlanish istiqbollari hamda ularning fan-texnika taraqqiyotida, jamiyat rivojida 
tutgan o’rni.
3. Axborotlashgan jamiyat.
4. Axborot madaniyati va etikasi.
 
1. “Texnik tizimlarda
axborot texnologiyalari” fanining mohiyati, 
maqsadi va vazifalari. 
1945 yil amerikalik matematik Jon fon Neyman EHM (Elektron hisoblash 
mashinalari) tuzilishining umumiy printsiplarini ishlab chiqdi va unda ikkilik sanoq 
tizimlaridan foydalanish g’oyasini ilgari surdi. Bu printsip hisoblash texnikasi 
tarixida keskin burilish yasadi va fan - texnikaning turli sohalarining jadal 
rivojlanishiga turtki bo’ldi. 
1946 yilda amerikali olimlar Djon Mouchli va Presper Ekkert birinchi bo’lib 
ENIAC nomli, elektron lampalar asosida ishlovchi universal, to’liq elektron 
hisoblash mashinani yaratdilar. Uning og’irligi - 30 tonna, 150 kv. m xonani 
egallagan va tarkibida 18 mingta elektron lampalari bor edi. Bu mashinaning ishlash 
jarayoni juda murakkab va u tez ishlamas edi (sekundiga 300 ko’paytirish yoki 5000 
qo’shish amallari bajarishi mumkin edi).
1949 yil Fon Neyman printsipiga asoslangan birinchi kompyuterni ingliz 
olimi Moris Uilki yaratdi. Shundan so’ng AQShda va Buyuk Britaniyada ‘EDVAK’, 
‘EDSAK’, ‘SEAK’, ‘VINAK’, ‘UNIVAK’ deb nomlangan va boshqa mashinalar 
yaratildi. Umuman, 1950 yil EHM lari taraqqiyotining boshlanishi bo’ldi. 



EHM larning takomillashtirilib borilishi va ularning ishlab chiqarishning 
barcha jabhalarida qo’llash kengayib borganligi sababli, unda ishlovchi 
mutaxassislarni tayyorlashga jahon miqyosida 1950 yillardan kirishilgan. 
Keyinchalik, nafaqat unda ishlovchi mutaxassislar, balki boshqa soha mutaxassislari 
ham bu sohada bilimga ega bo’lishi ehtiyoji vujudga keldi. Natijada EHM haqida 
boshlangich bilimlarni beruvchi maxsus fan yuzaga keldi. Bu fan ba’zi bir 
davlatlarda ‘Informatika’, ba’zilarida esa 
Somputer science
atamasi bilan atala 
boshlandi.
Informatika atamasi XX asrning 60 yillarida birinchi marta Frantsiyada 
qo’llanilgan. U Information (axborot) hamda Automatigue (avtomatika) so’zlarining 
qo’shilmasidan hosil bo’lgan Informatique (informatika) deb olingan. Bu axborotga 
avtomatik ravishda ishlov berish fani degan ma’noni anglatadi. G’arbiy Evropaning 
ko’pchilik mamlakatlarida hamda AQSh va Kanadada informatika termini o’rniga 
uning sinonimi 
Somputer science
(kompyuter haqidagi fan) – tushunchasi 
qo’llaniladi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, 
unga asoslanadi, usiz mavjud bo’la olmaydi va o’z navbatida uning rivojiga, 
yangilanishiga o’z hissasini qo’shadi. Uning asosiy resursi – axborotdir. Informatika 
fani ko’pqirrali funktsiyalarga ega bo’lgani uchun unga har xil ta’rif berilgan. 
Informatika – ma’lumotlarni hosil qilish, saqlash, uzatish va qayta ishlash 
usullarini hisoblash texnikasi vositalari yordamida tizimlashtiruvchi, aloqadorligini 
o’rnatuvchi va ularni boshqaruvchi inson faoliyatining aniq sohasidir. 
Informatika - ilmiy axborotlarning struktura va umumiy xossalarini, 
shuningdek ularni yaratish, o’zgartirish, uzatish va ulardan inson faoliyatining turli 
sohalarida foydalanish qonuniyatlarini o’rganadigan fan.
Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga 

Download 1,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza 1.  Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish. Axborot

Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish