Axborot kommunikatsiya texnologiyalari




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/52
Sana20.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#245827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini 
o’rganuvchi fandir.
Informatika - axborotlar haqidagi fan bo’lib, uning qayta ishlashdagi 
takomillashgan usul va vositalarini o’rgatadi.



Informatika - axborotlarni EHM yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish 
va ishlov berish usullarini o’rganadigan fandir. 
1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, shaxsiy kompyuterlar 
sahifasi boshlandi va kompyuter so’zi ishlatila boshlandi. (Kompyuter inglizcha 
hisoblovchi demakdir). Keng ko’lamda shaxsiy kompyuterlar, mikrokalkulyatori 
ishlab chiqarila boshlandi va ular ishlab chiqarishda keng qo’llanila boshlandi. 
Natijada barchaning kompyuter haqida bilimga ega bo’lishi ehtiyoji tugildi. Shu 
sababli sobiq Ittifoqda 1985 yilda ‘Informatika’ fanining birinchi tajribaviy dasturi 
yaratildi va u 1985 yil 1 sentyabrdan umum o’rta va kasb-hunar ta’lim 
muassasalarida ommaviy ravishda ‘Informatika va hisoblash texnikasi asoslari’ fani 
nomi bilan o’qitila boshlandi. Pedinstitutlarda yangi o’quv rejaga muvofiq 
informatika fani o’qituvchilarini tayyorlash boshlandi.
Hozirgi 
kunda 
‘Informatika’ atamasi o’rniga ko’proq ‘Axborot 
texnologiyalari’ (Information technology) atamasi ishlatilmoqda. 
Texnologiya
so’zi grekchadan (techne) tarjima qilinganda san’at, mahorat, 
ko’nikma kabi ma’nolarni anglatadi. 
Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo’llanilgan. Jarayon deganda esa 
maqsadga erishishga yo’naltirilgan hatti harakatlar maj mui tushunilgan. Ushbu 
jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi 
vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. 
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, qayta ishlashning materiali 
sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon 
yoki hodisa tug’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya 
insonning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali 
namoyon bo’ladi. 
Axborot texnologiyalari ko’pqirrali funktsiyalarga ega bo’lib, u axborotlarga 
ishlov berishda kompyuterlardan foydalanish, hisoblash texnikalari va aloqa 
texnikalarini qamrab oladi. Unga ham har xil ta’rif berilgan, ya’ni: 



Axborot texnologiyalari - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov 
berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar 
va jarayonlardir. (Qonun)
1
 . 
Axborot texnologiyalari - ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish, 
saqlash, uzatish, va ulardan foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan 
foydalanish yo’llari, usullari va uslublaridir. 
Axborot texnologiyalari - hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli 
vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yo’llari, usullari va vositalari hamda 
ulardan foydalanishning belgilangan tartibidir. 
Axborot texnologiyalari - inson faoliyatining turli sohalarida axborot 
mahsulotini ishlab chiqarishda axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami 
usullaridir. 
Axborot texnologiyalari - insonlar tomonidan axborotni yig’ish, saqlash, 
ishlov berish va tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublari, qurilmalar va 
ishlab chiqarish jarayonlaridir. 
Axborot texnologiyalari - ob’ekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsulot) 
holati haqida yangi sifatdagi ma’lumotlarni olish uchun foydalanadigan 
ma’lumotlarni (birlamchi) yig’ish, ishlov berish va o’zatish vositalari, hamda 
usullari majmuasidir. 
Axborot texnologiyalari - axborot oqimini yig’ish, saqlab turish, ishlov berish 
va uzatishni EHMlar yordamida amalga oshiradigan usullar majmuasidir. 
Axborot texnologiyalari o’z o’zicha mavjud bo’lmay, balki boshqa sohalardagi 
muammolarini hal etish uchun yangi axboriy texnika va texnologiyalarini yaratishga 
qaratilgan kompleks ilmiy – texnik sohadir. U boshqa sohalar, hatto jarayonlar va 
hodisalar noformallashuvi tufayli miqdoriy uslublarni qo’llash mumkin emas deb 
hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslub va vositalarini taqdim etadi. Axborot 
texnologiyalarida kompyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy ro’yobga chiqish 
mumkin bo’lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida ajratib 
ko’rsatish lozim. 
1
O’zbekiston Respublikasining “Aхborotlashtirish to’g’risida” gi Qonуni. Toshкent shahri, 2017 yil, may



Axborot texnologiyalari 
amaliy fan sohasi
sifatida quyidagilar bilan 
shug’ullanadi: 
o
axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o’rganish (axborotlarni yig’ish, 
qayta ishlash, tarqatish); 
o
inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion – axborot modellarini 
yaratish; 
o
aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va 
ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va h-zolarni 
loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash. 
“Axborot texnologiyalari” fanini o’qitishdan maqsad talabalarni axborotni 
to’plash, saqlash, qayta ishlash va uzatishning asosiy qonuniyatlarini nazariy va 
amaliy masalalarda qo’llash uchun zarur bo’lgan asosiy tushunchalar bilan 
tanishtirishdan, yangiliklarni mustaqil o’rganib, uning tadbiqlarini o’zlashtirishga 
o’rgatishdan, talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirishdan, ijodiy 
izlanishlarga va muhandislik masalalar echishimini axborot texnologiya 
tushunchalari yordamida bayon qilishga o’rgatishdan iborat. 
Bu fan talabalarda ilmiy tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish asosida 
matematik modellar va ilmiy farazlarning qo’llanish chegaralari to’g’risida aniq 
tushunchalar hosil qilgan holda uning qonuniyatlarini ongli ravishda o’zlashtirish 
hamda olingan bilimlarni mustaqil ravishda texnologik jarayonlarni boshqarishda va 
apparatlaridan foydalanishga qo’llashga qaratilgan. 
Fanning maqsadi - bo’lajak muhandis-texnologlar kompyuterning yangi 
dasturiy ta’minotlarini, axborot tizimlarini, zamonaviy AKT ni yaxshi bilishi va 
kelajakda ushbu bilimlardan samarali foydalangan holda turli shakldagi axborotlarni 
qayta ishlash bo’yicha bilimlar darajasi bilan ta’minlash hamda bo’lajak 
mutaxassislarda zamonaviy informatsion fikrlash va ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish, turli texnik bilimlarga oid masalalarni kompyuter yordamida hal etish 
va informatsion modellashtirish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – “Axborot texnologiyalari” fanining mohiyati, uning asosiy 
tamoyillari, vazifalari, yangi dasturiy ta’minotlar, axborot tizimlari va AKTni 



rivojlantirishning maqsad va vazifalari haqida tushuncha berish. Fanning dasturlash 
asoslari qismida dasturlash tilining tuzilmasi (S++ yoki boshqa algoritmik tillar), 
funktsiyalari va asosiy parametrini o’rganish, shuningdek bu algoritmik tilning 
barcha imkoniyatlarini talabalarga o’rgatish. Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlarni 
himoyalashga doir bilimlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan 
holda o’qitish, talabani ushbu fan bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini kurs 
ishini bajarish bilan real sharoitlarga qo’llash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdir. 

Download 1,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish