11
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyun 200-sonli
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida o’z aksini
topgan. Ushbu vazifalar keyingi vaqtda Respublikamizda qabul qilingan bir qator
qonunlar, Vazirlar mahkamasining qarorlari va boshqa normativ hujjatlarda o’z
rivojini topdi
O’zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun
talay intellektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va
o’rta maxsus o’quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi,
aloqa, dasturiy va axborot ta’minoti, axborot tizimlar bo’yicha malakali xodimlar
ishlamoqda. O’zbekiston Respublikasi yuqorida belgilab berilgan tamoyillarni
amalga oshirar ekan, axborotlashgan jamiyat sari shaxdam qadamlar bilan
bormoqda.