13
o
“.uz” domeni zonasida ro’yxatga olish narxi 15 AQSh dollaridan milliy
valyutaga – so’mga o’tkazilib qiymati 6 ming so’mga (35%ga) tushirildi;
o
2010 yilda qo’shimcha 1,5 ming veb-sayt ro’yxatdan o’tib jami domen
nomlari soni 11 mingtani tashkil etdi (o’sish 16%).
3. Axborotlashgan jamiyat
Mutaxassislar,
guruhlar,
yirik
ishlab
chiqarish
korxonalari
yoki
muassasalarining faoliyati ko’p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma’lumot va
axborotlar bilan to’la ta’minlanganligiga, hamda ushbu ma’lumotlardan qay
darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo’lib qolmoqda. Avvalo bir
echimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (sohaga) aloqador bo’lgan
juda ko’plab ma’lumotlarni to’plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur
bo’ladi. Ba’zan bunday ma’lumotlar to’plami shu qadar ko’payib ketadiki, ularni
qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlar
yordamisiz amalga oshirib
bo’lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda qabul qilish va qayta ishlash
zarur bo’lgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib borayotganligi sababli, ba’zan ularni
qabul qilishga ham ulgurilmayapti. Axborot va ma’lumotlar hajmining bu qadar
ko’payib ketishi, oqimining esa tezlashib borishini asosiy sabablaridan biri axborot
texnika va texnologiyalarning rivojlanishi zamonaviy
eng yangi texnologiyalarini
qo’llash, ikkilamchi xomashyolardan oqilona foydalanish, energetik resurslarni
tejamkorlik bilan ishlatish, inson mehnatini engillashtirish
hisobiga oshirish
bosqichiga kirganligidir. Bu esa, o’z navbatida, jamiyatni yuqori darajada
axborotlashgan bo’lishini talab etadi.
Jamiyatni axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga
bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari
hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy
ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir
.
2
Axborotlashgan jamiyatining moddiy va texnologik negizini kompyuter
texnikasi va kompyuter tarmoqlari,
axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya
aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
2
O’zbekiston Respublikasining “Aхborotlashtirish to’g’risida” gi Qonуni. Toshкent shahri, 2017 yil1may
14
Axborotlashgan jamiyat - jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa
uning oliy shakli bo’lmish
bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va
amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya
axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga
keladi.
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi:
o
texnik qurilmalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish;
o
o’z
faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish;
o
turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish;
o
axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash;
o
o’z faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash.
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI
asrda munosib o’rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada
teng qatnashishi uchun, o’z iqtisodiy tuzilishi, ustivorliklari, boyliklari, institutlarini
qayta qurish va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerak.
Axborotlashgan jamiyatning shakllanishi davlat
va jamiyatlar hayotining
barcha sohalarida jiddiy o’zgarishlarga olib kelmoqda. Hozirda axborot odamlar va
jamiyat faravonligining eng muhim manbaasiga aylanmoqda, rivojlangan davlatlar
iqtisodiyoti tarkibida axborot texnologiyalari indutsriyasi eng yirik sohani tashkil
etadi.
Bizning Respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat
tomon kirib bormoqda. Bu masala Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat
markazida birinchi masallalar qatorida turibdi.