|
Yxatga olingan
|
bet | 1/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 23,31 Kb. | | #228059 |
Bog'liq Ustav
Xorazm viloyati Xiva tumani “Sayot avto invest” ma’suliyati cheklangan
Davlat xizmatlar markazi cheklangan jamiyati ta’sischisining
Tamonidan 2022 yil “__” _______da 2022 yil “__” __________dagi
______ - sonli reestr № 1-sonli qarori
raqami bilan bilan
“RO”YXATGA OLINGAN” “TASDIQLANGAN
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. "SOYOT AVTO INVEST" masʼuliyati cheklangan jamiyatining (bundan buyon matnda “jamiyat” deb yuritiladi) mazkur Ustavi Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek jamiyat ishtirokchilarining Jamiyat ishtirokchilarining taʼsis shartnomasi imzolangan sana kundagi taʼsis shartnomasi asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Jamiyatning ishtirokchilari:
«Matyakubov Islombek Farxodovich»- 01.09.1997-yilda Xiva tumanida tug'ilgan. AD1889115, 18.10.2022-yilda Xiva tuman IIB tomonidan berilgan. Yashash joyi Xiva tumani Chinobod mahallasi
1.3. Jamiyatning toʻliq firma nomi:
Davlat tilida: « SOYOT AVTO INVEST" »masʼuliyati cheklangan jamiyati
Rus tilida: Obщyestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu «SOYOT AVTO INVEST»;
Jamiyatning qisqartirilgan firma nomi:
Davlat tilida: « SOYOT AVTO INVEST" »MCHJ
Rus tilida: OOO « SOYOT AVTO INVEST" ».
1.4. Jamiyatning pochta manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati Xiva tumani chinobod mahallasi
1.5. Jamiyat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
II. JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI
2.1. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
2.2. Jamiyat oʻz faoliyatini mazkur ustav va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq va taʼsis hujjatlariga asosan amalga oshiradi.
2.3. Jamiyat oʻz majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar. Jamiyatning oʻz hissasini toʻla qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʻladilar.
2.4. Jamiyat oʻzining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatga olingan oʻz emblemasiga, tovar belgisiga ega boʻlishga haqli.
2.5. Jamiyat oʻz egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, oʻz nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
|
| |