|
VIII. ISHTIROKCHILARNING JAMIYAT ISHTIROKCHILARI SAFIDAN CHIQISHI VA UNING OQIBATLARI
|
bet | 4/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 23,31 Kb. | | #228059 |
Bog'liq UstavVIII. ISHTIROKCHILARNING JAMIYAT ISHTIROKCHILARI SAFIDAN CHIQISHI VA UNING OQIBATLARI
8.1. Jamiyatning har qanday ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari safidan chiqish huquqiga ega. Bunday holatda ishtirokchi ustav fondidagi oʻz ulushini qolgan ishtirokchilarga yoxud ularning roziligi boʻyicha uchinchi shaxslarga sotish yoki ularning foydasiga voz kechish huquqiga ega.
8.2. Ishtirokchi ishtirokchilar safidan chiqishida unga oʻzi tomonidan ustav fondiga kiritilgan ulushning haqiqiy qiymati natura yoki haqiqiy qiymatiga teng boʻlgan pul koʻrinishida qaytariladi.
8.3. Jamiyat ishtirokchisi oʻzgartirilganidan keyin jamiyatning taʼsis hujjatlariga zaruriy oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishi lozim.
8.4. Jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar uchinchi shaxslar uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.
IX. JAMIYAT ISHTIROKCHISINING JAMIYAT USTAV FONDIDAGI ULUSHINING (ULUSHI BIR QISMINING) JAMIYATNING BOSHQA ISHTIROKCHILARIGA VA UCHINCHI SHAXSLARGA OʻTISHI
9.1. Jamiyat ishtirokchilaridan har biri jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushini yoki ulushining qismini jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga sotishga yoki boshqacha shaklda ularning foydasiga voz kechishga haqli.
9.2. Jamiyat ishtirokchisining ulushi toʻliq toʻlangan davrgacha boʻlgan muddatda toʻlangan qismi boʻyichagina begonalashtirilishi mumkin.
9.3. Jamiyat ustav fondidagi ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak.
X. JAMIYATNING HUJJATLARINI SAQLASH
10.1. Jamiyat quyidagi hujjatlarni saqlashi shart:
—jamiyatning taʼsis hujjatlari, shuningdek jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar;
—jamiyat muassislari yigʻilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni, shuningdek jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa qarorlarni oʻz ichiga olgan bayonnomasi;
—jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
—jamiyatning oʻz balansida turgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
—jamiyatning filiallari va vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlar;
—jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
—jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalari;
—qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
10.2. Yuqorida aytib oʻtilgan hujjatlar ijro etuvchi organ joylashgan joyda saqlanadi.
10.3. Agarda amaldagi qonun hujjatlari bilan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlmasa, jamiyat mazkur ustavning 10.1-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni doimiy saqlaydi.
10.4. Jamiyat har qanday ishtirokchining talabi bilan unga axborot, shuningdek taʼsis hujjatlarini unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan taqdim qilishi yoki nusxa berishi shart.
|
| |