|
Yxatga olingan
|
bet | 5/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 23,31 Kb. | | #228059 |
Bog'liq UstavXI. HISOB VA HISOBOT
11.1. Jamiyat oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va oʻz mahsuloti va xizmatlariga narxlarni bozor konyukturasidan kelib chiqib belgilaydi.
11.2. Jamiyat mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini, statistika va moliyaviy hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
11.3. Jamiyat mustaqil ravishda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini, shtat jadvalini va mehnatga haq toʻlashni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qiladi.
11.4. Jamiyat faoliyatiga oid hisobotlarni qonunda belgilangan tartibda davlat organlariga taqdim qiladi.
XII. DAROMADNI TAQSIMLASH VA ZIYONLARNI QOPLASH
12.1. Jamiyat barcha soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin uning hisobida qolgan mablagʻlar jamiyatning foydasini tashkil etadi.
12.2. Jamiyat ustav fondining Jamiyat ustav fondining zaxira miqdori foizi miqdorida zaxira fondi shakllantiradi. Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ustav fondidagi ulushni (ulushning qismini) sotib olish uchun moʻljallangan.
XIII. JAMIYATNING BOSHQARUV ORGANLARI
13.1. Jamiyatning boshqaruv organlari boʻlib quyidagilar belgilanadi:
—ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi — oliy boshqaruv organi;
—direktor jamiyatning ijro etuvchi organi.
13.2. Jamiyatda kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkin.
XIV. ISHTIROKCHILARNING UMUMIY YIGʻILISHI
14.1. Jamiyatning oliy boshqaruv organi boʻlib jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi hisoblanadi.
14.2. Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi.
14.3. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
b) jamiyat ustav fondining miqdorini oʻzgartirish;
v) taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
g) jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
d) jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
ye) agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
j) yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
z) jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
i) jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);
k) auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini aniqlash;
l) boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
m) jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
n) tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining a), b), v), z) va m) kichik bandlarida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan qarorlari jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qolgan qarorlari, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
|
| |