• XIX. JAMIYATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
  • XX. NIZOLARNI HAL QILISH
  • XXI. YAKUNIY QOIDALAR
  • ISHTIROKCHILAR: Matyakubov Islombek Farxodovich
  • XVIII. JAMIYATNING TIJORAT SIRI




    Download 23,31 Kb.
    bet7/7
    Sana13.05.2024
    Hajmi23,31 Kb.
    #228059
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ustav

    XVIII. JAMIYATNING TIJORAT SIRI
    18.1. Jamiyatning tijorat siri — uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot boʻlib, ushbu axborot jamiyat tomonidan uning maxfiyligini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi.\
    18.2. Tijorat sirining muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida xodim:
    ish beruvchi tomonidan oʻrnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi;
    ish beruvchining roziligisiz tijorat sirini oshkor etmasligi va undan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;
    mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda oʻz foydalanishida boʻlgan, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ish beruvchiga topshirishi yoki uni mazkur jismlardan ish beruvchining nazorati ostida yoʻq qilib yoxud oʻchirib tashlashi shart.
    XIX. JAMIYATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
    19.1. Jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-55-moddalarida va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 49-55-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
    19.2. Jamiyatni qayta tashkil etish ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
    19.3. Jamiyat belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda ishtirokchilarning Umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha tugatilishi mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
    19.4. Jamiyatning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qoʻyilganidan soʻng jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyatning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
    XX. NIZOLARNI HAL QILISH
    20.1. Taʼsis shartnomasi va ustav boʻyicha kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning oʻzaro kelishuvi yoʻli bilan amaldagi qonun hujjatlari, taʼsis shartnomasi va ustavga asosan hal qilinadi.
    20.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular sud orqali, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
    XXI. YAKUNIY QOIDALAR
    21.1. Mazkur Ustav jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
    21.2. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, qonunda boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu ustavga muvofiq tartibga solinadi.
    ISHTIROKCHILAR:

    Matyakubov Islombek Farxodovich ______________
    Download 23,31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 23,31 Kb.