|
Yxatga olingan
|
bet | 6/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 23,31 Kb. | | #228059 |
Bog'liq UstavXV. IJRO ETUVCHI ORGAN
15.1. Jamiyatning ijro etuvchi organi boʻlib jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi direktor hisoblanadi.
15.2. Jamiyatning direktori ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi.
15.3. Jamiyat va jamiyatning direktori oʻrtasidagi shartnoma, jamiyat nomidan, direktor tayinlangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida raislik qiluvchi yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
15.4. Direktor lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini direktorni saylash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi raisi imzolaydi.
15.5. Direktor lavozimidan ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
15.6. Jamiyatning direktori:
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qoʻllaydi;
jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
qonun hujjatlari va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15.7. Direktor ishtirokchilar umumiy yigʻilishiga hisobot beradi va uning oldida jamiyat faoliyatining amalga oshirilishi hamda unga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishi uchun javobgardir.
15.8. Direktor jamiyat mol-mulkini tasarruf etishi va ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha yirik bitimlar tuzishi mumkin.
XVI. JAMIYAT FAOLIYATI YUZASIDAN NAZORAT
16.1. Jamiyatda alohida nazorat qiluvchi organning tuzilishi koʻzda tutilmagan.
16.2. Jamiyatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat ishtirokchilar yoxud mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
XVII. XODIMLAR
17.1. Jamiyat maʼmuriyati xodimlar bilan jamoa shartnomasini imzolaydi. Ushbu shartnomaning mazmuni, shu jumladan “Xodimlarning ijtimoiy taʼminoti va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi nizom” Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, mazkur ustav, shuningdek jamiyat faoliyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
|
| |