|
VI. JAMIYATNING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI
|
bet | 3/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 23,31 Kb. | | #228059 |
Bog'liq UstavVI. JAMIYATNING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI
6.1. Jamiyat mustaqil ravishda oʻziga tegishli mol-mulkdan foydalanadi.
6.2. Jamiyatning mol-mulki:
—ishtirokchilarning ulushlaridan;
—jamiyat faoliyati natijasida olingan foydadan;
—Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi.
VII. JAMIYATNING USTAV FONDI
7.1. Jamiyatning tashkil etilishi va faoliyatini amalga oshirishi uchun ishtirokchilar
Jamiyatning ustav fondi soʻm miqdorida ustav fondi shakllantirishadi.
7.2. Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:
—« Matyakubov Islombek Farxodovich » — 36 822 000 (O'ttiz olti million sakkiz yuz ygirma ikki ming) so'm bo'lib ustav fondining 100 % ni tashkil etadi.
7.3. Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin bir yil mobaynida ishtirokchilarning har biri ustav fondidagi ulushini toʻliq kiritadi.
7.4. Pul, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar jamiyatning ustav fondiga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin.
7.5. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga asosan ustav fondini koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
7.6. Jamiyatning ustav fondini koʻpaytirishga u toʻliq toʻlanganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. Jamiyat ustav fondining koʻpaytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobiga, agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan boʻlmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini jamiyatning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
7.7. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish ishtirokchilarga tegishli boʻlgan ulushlarning nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini kamaytirish va uning yangi miqdori toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab oʻttiz kun mobaynida jamiyatning unga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlarini xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida maʼlumot eʼlon qilishi shart.
7.8. Ustav fondini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror uchinchi shaxslar uchun ustav va taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina kuchga kiradi.
|
| |