• Greek (Grek harflari) - Grek harflari; 9. Simbolics (Simvolika) – symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar.
  • Evluation  (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish  operatori; 5.  Colculus




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/52
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #245827
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
    Bog'liq
    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

    Evluation 
    (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish 
    operatori;
    5. 
    Colculus 
    (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash, summani hisoblash 
    shabloni;
    6. 
    Boolean 
    (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; 
    7. Programming 
    (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish 
    operatorlari;
    8. 
    Greek 
    (Grek harflari) - Grek harflari;
    9. 
    Simbolics 
    (Simvolika) – symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar. 
     
    3. MatLab tizimi va unda ishlash asoslari 


    79 
    MATLAB tizimi – kompyuterda turli yo‘nalishdagi: mexanika, matematika, 
    fizika, muhandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik 
    va dinamik tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish 
    masalalarining aniq, tez, samarali hal etish uchun mo‘ljallangan tizimdir.
    MATLAB tizimining yaratilishi professor Kliv B.Mouler (Clive 
    B.Mouler) va MathWorks firmasi prezidenti Djek Litl (Jack Little) lar faoliyati 
    bilan bog’liq. Bir necha yillar Nyu-Mexiko, Michigan va Stenford 
    universitetlarining matematika kafedrasi va kompyuter markazlarida ishlagan 
    Kliv Mouler, keyinchalik faoliyatini MathWorks firmasida davom ettirgan. 
    1984-yilda u, Fortran tizimida matrisali hisoblashlar va chiziqli algabra 
    masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida qatnashgan va birinchi marta 
    "MATLAB" atamasini kiritgan. “MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix 
    Laboratory” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir 
    Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra 
    masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob'ektlarni modellashda keng 
    qo‘llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob'ektlarning holat tenglamalarini avtomatik 
    ravishda tuzish va yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bunga MATLABning 
    kengaytmasi Simulink misol bo‘lishi mumkin.
     
    MATLAB kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson 
    moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo‘l bilan kengayishi va bu 
    kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning 
    kengayishlari kompyuterning doimiy xotirasida saqlanadi va MATLABning 
    biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish 
    uchun chaqiriladi. 
    MATLAB ko‘plab amaliy masalalarni yechish imkoniyatini beruvchi 
    operatorlar va funksiyalarga ega. Ular yordamida ko‘plab amaliy masalalarni 
    yechish mumkin. MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash 
    sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan 
    boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini 
    amalga oshiradi, jumladan, ob'ektga mo‘ljallangan va vizual dasturlashni (Simulink 


    80 
    vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish 
    tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun 
    cheksiz imkoniyatlar beradi. 

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Evluation  (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish  operatori; 5.  Colculus

    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish