Kompyuter tarmoqlarining texnik va dasturiy ta’minoti




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/52
Sana20.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#245827
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

5. Kompyuter tarmoqlarining texnik va dasturiy ta’minoti 
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan 
hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi. 
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 
1. O’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga 
muvofiq: 
- past 100 Kbit/s gacha; 


101 
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha; 
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq. 
2. Kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga 
muvofiq: 
- LAN - lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa); 
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki 
modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan 
kompyuter lokal tarmoq; 
- MAN katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta 
radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq; 
- WAN keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan 
ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq; 
- GAN (Global Area Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq; 
3. Tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning 
alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va 
katta kompyuterlar hamda alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish 
tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham 
yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida 
tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi. 
4. Tugunlar munosabatiga ko’ra: 
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega 
kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy 
foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat 
ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin); 

tarqatilgan 
(Distrubuted) 
tarmoqlar. 
Bunda 
serverlar 
tarmoq 
foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi; 
- server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu 
erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan 
foydalanishi mumkin. 
5. Tarmoq operatsion tizimlarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OT): 


102 
- gomogenli - hamma tugunlarda bir xil operatsion tizimlardan foydalaniladi 
(masalan, WINDOWS OT tarmog’i); 
- geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion tizimlari 
ishlatiladi (masalan, Nowell Net Ware, Windows, Linux, …). 
Kompyuter tarmog’ining texnik ta’minoti. 
Server - tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. Server disklarida 
kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar bazasi 
va boshqa fayl ma’lumotlari saqlanadi. 
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z 
mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi 
juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz: 
- fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan 
foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga
kirish imkonini berishi zarur. Bunda bir vaqtning o’zida turli stantsiyalardan 
bir xil so’rov kelganda, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi; 
- print - server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqal
i
xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni 
qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak; 
- faks - server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam 
tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Faks-server olgan faksimil xabarlar 
alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
Konsentrator (HUB) - tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashuvini 
ta’minlovchi maxsus qurilma. U 8, 16, 24, 32 ta kompyuterlarni o’zaro bog’lash 
mumkin. 
Axborotni uzatish kabellari - tarmoqda axborotni bir kompyuterdan 
boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi. 
Modem - axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga (yoki telefon aloqa 
tarmog’iga) o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Modem «modulyator» va «demodulyator» so’zlari birikmasidan kelib 
chiqqan bo’lib, uning yordamida axborot uzatuvchi kompyuterda raqamli 


103 
ko’rinishdan anolog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek qabul qiluvchi 
kompyuterda anolog ko’rinishdan raqamli ko’rinishga aylantiriladi. 
Ishchi stantsiyalar - bu foydalanuvchi kompyuterlaridir. 
Kompyuter tarmog’ining dasturiy ta’minoti. Tarmoqning imkoniyati uning 
foydalanuvchiga ko’rsatadigan xizmati bilan o’lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat 
turi hamda unga kirish uchun uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda 
ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar foydalanishi 
uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning 
ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan. 
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko’pgina 
foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo’lgan tarmoqning bosh kompyuteri 
resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U fayl - server deb yuritiladi. Bosh 
kompyuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli 
modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin Fayl –serverning disk 
sig’imi odatdagi kompyuterlarnikidan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan boshqa 
kompyuterlar foydalanadi. 
Tarmoqlarda bir qancha fayl - serverlar bo’lishi mumkin. Masalan, printer, 
modem, maksimal aloqa uchun qurilma. Fayl - server resurslarini boshqaruvchi va 
ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti 
tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl - serverda 
joylashadi. Ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl - server orasidan murojaat 
qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys vazifasini bajaruvchi uncha katta 
bo’lmagan qobiq joylashtiriladi. Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo’ljallagan 
dasturiy tizimlar foydalanuvchiga fayl - serverdan foydalanish imkonini beradi. 
Qoida bo’yicha ushbu dasturiy tizimlar faylli serverda saqlanishi va barcha 
foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanishi mumkin. Lekin, bu 
dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo’lganda foydalanuvchi 
kompyuteriga, ya’ni ishchi stantsiyaga o’tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda 
barcha ma’lumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo’lsa va faylli 
serverda saqlanayotgan bo’lsa ham) foydalanuvchining kompyuterida amalga 


104 
oshiriladi. SHubhasiz, buning uchun ma’lumotlar saqlangan fayllar 
foydalanuvchining kompyuteriga ko’chirilishi kerak. 
Ikkinchi tamoyil «mijoz-server» arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy 
ta’minoti resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni 
qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko’ra resurslarni joylashtirishga ham 
mo’ljallangan. «Mijoz - server» dasturiy tizimi serverning dasturli ta’minoti va 
foydalanuvchi - mijozning dasturli ta’minotidan iborat. 
Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz - dasturlar 
foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida 
ishlaydigan dastur - serverga so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini 
qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi va foydalanuvchi 
kompyuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi 
serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar (bir necha 40 Gigabayt va undan ko’p) bilan 
ishlashga mo’ljallangan bo’lib, ko’p sonli foydalanuvchilarning yuqori unumli 
ishlashini, ishonchlilikni va himoyalanganlikni ta’minlaydi. Global tarmoqlari 
ilovalarida mijoz - server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta 
matnli sahifalarni saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi mashhur Web - serverlar, 
FTP serverlar, elektron pochta serverlari ma’lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining 
mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmat ko’rsatish va ulardan javob olish 
uchun so’rash imkoniyatini beradi. 
Taqsimlanadigan resursga ega har qanday kompyuter tarmog’i server deb 
yuritilishi mumkin.
WINDOWS OT lokal tarmog’i bugungi kunda sozlash va ishlatish uchun juda 
qulaydir. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar sizning kompyuteringiz lokal 
tarmoqsa ulanmagan bo’lsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda 
ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha: 
Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish 
darkor. 


105 
Yuqorida keltirilgan simlar orqali va maxsus HUB qurilmasidan foydalangan 
holda kompyuterni tarmoqra ulash. HUB lar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan 
boglash uchun kerak bo’lsa, Switch HUB lar binolar orasiga qo’yiladi. 
Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o’z nomi va ishchi guruhiga ega 
bo’lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom bilan murojaat qilishlari 
mumkin (fayl va papka, xabar jo’natish).

Download 1,98 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuter tarmoqlarining texnik va dasturiy ta’minoti

Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish