Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/52
Sana20.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#245827
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

3. Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi 
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. 
Odatda uchta topologiya qo’llaniladi: 
1. 
Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa 
chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham 
markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus 
kompyuter-hakam ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni 
boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular 
mustaqil ma’lumotlarni uzatish kanalini boshqaradi. 
2. 
Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq halqasimon, ketma-ket 
bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. 
Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon 
davom etaveradi. 
3. 
Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega 
(kommutator yoki konsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan 
kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, 
so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi. 
 
 


99 
4. Simli va simsiz tarmoqlar (WiFi, WiMAX). 
Kompyuter tarmog’ini tashkil qilishda bog’lanishlar ikki xil bo’ladi: 
- Simli 
- Simsiz. 
Bog’lash uchun qo’llaniladigan vositalar uzatish muhiti deb yuritiladi. 
Masalan, simli bog’lanish: 
- koaksial kabellar, ular televizor kabeli singari; 
- juftli o’ram, telefon simini eslatadi; 
- optik tolali kabel, eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel 
turi. 
Tarmoqni kabellarning istalgan tipi bilan yaratish mumkin.
Juftli o’ram. Eng arzon kabel telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim 
juftidan iborat bo’lgan o’rama juft kabelidir. U ekranlangan va ekranlanmagan 
bo’lishi mumkin. Ekranlangan kabel elektr magnit halaqitlariga ancha bardoshli 
bo’ladi. Lekin amaliyotda aksariyat hollarda ekranlanmagan kabeldan foydalaniladi, 
chunki bunday turdagi kabeldan telefon liniyalarini o’tkazishda foydalaniladi va 
ekranlangan kabeldan ancha arzon. Kichik muassasalar uchun juda qulay. Ushbu 
kabelning kamchiliklari signallarning so’nish koefficienti yuqoriligi va elektrmagnit 
xalaqitlariga yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun tarmoqda o’rama juftlikdan 
foydalanishda faol qurilmalar o’rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo’ladi. 
Koaksial kabel. Bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning ikkita turli tizimida 
foydalanilish mumkin: signalni modulyatsiyalab va modulyatsiyalamasdan uzatish. 
Birinchi holda raqamli signal SHK dan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday 
shaklda foydalaniladi va darhol kabel bo’ylab qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi. U 
tezligi 10 Mbit/sek gacha va eng yuqori ta’sir radiusi 4000 m bo’lgan bitta uzatish 
kanaliga ega. Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul 
qilish stantsiyasiga yo’naltiriladi, u erda u yana raqamli signalga aylantiriladi. 
Signalni aylantirish operatsiyasini modem (modulyator/demodulyator) bajaradi; har 
bir stantsiya o’z modemiga ega bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatishning bu usuli 
ko’p kanalli (o’nlab kanallar bo’yicha uzatishni ta’minlaydi, buning uchun faqat 


100 
bitta kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni 
videosignallarni, ma’lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha etishi 
mumkin. Signallarni modulyatsiyalab uzatish modulyatsiyalamasdan uzatishga 
nisbatan ancha qimmat turadi. SHuning uchun yirik korxonalar o’rtasida 
ma’lumotlarni uzatishda undan foydalanish ancha samarali bo’ladi.
Optik tolali kabelda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi. U tarmoq 
tomonidan o’zgartiriladi va signal shaklini oladi. Bunday tizim tashqi elektr 
halaqitlariga bardoshli va shuning uchun ma’lumotlarni tez (20 Gbit/s gacha) va 
xatosiz uzatish mumkin bo’ladi hamda uzatilayotgan axborotning maxfiyligini 
ta’minlaydi. Bunday kabellarda kanallar soni juda ko’p bo’ladi. Ma’lumotlar faqat 
simpleks rejimida uzatiladi, shu sababli ma’lumotlar bilan almashinishni tashkil 
etish uchun qurilmani ikkita optik tola bilan ulash zarur (amaliyotda optik tolali 
kabel hamma vaqt juft tolali bo’ladi). Kamchiliklari qatorida qiymati yuqoriligi va 
ulash murakkabligini ko’rsatish mumkin. 
Simsiz bog’lanishda mikro to’lqin diapazonidagi radioto’lqinlardan 
foydalaniladi. Masalan: 
- antennalar orqali 
- sun’iy yo’ldosh orqali 
Ma’lumotlarni uzatish tezligi yuqori. Simsiz bog’lanishlar mahalliy 
tarmoqlarni rivojlantirishda istiqbolli yo’nalish hisoblanadi. Ularning afzalligi – 
oddiyligi va mobilligi. Kabel simlarini o’tkazish va montaj qilish bilan bog’liq 
muammolar yo’qoladi. Ish stantsiyalarida interfeys platalarini o’rnatishning o’zi 
etarlidir va tarmoq ishlash uchun tayyor bo’ladi.

Download 1,98 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish