Axborot texnologiyalaining rivojlanish bosqichlari




Download 250.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.12.2022
Hajmi250.72 Kb.
#35406
1   2
Bog'liq
2-маъруза
2-amaliy mashg’ulot, 24 mavzu Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, covid-19-residents, ЭиС Презентация-3, OT 01, 7-ma\'ruza, 6-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 13-мавзу. Барқарор маркетинг, 1-L Vahobov 1, Kompleks sonlar haqida tushuncha, 2.1-Ma\'ruza, INTELLEKTUAL MULK, Bog\'lovchi
 
2. Axborot texnologiyalaining rivojlanish bosqichlari 
Kishilik jamiyati rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kasbiy ko‗nikmalar 
asosan shaxsiy namuna ko‗rsatish bilan ―Men kabi harakatlan‖ tamoyili asosida 
boshqalarga uzatilgan. Axborotlarni uzatish shakli sifatida diniy (ritual) o‗yin va 
qo‗shiqlardan foydalanilgan. 
Axborot texnologiyalari rivojlanishining birinchi bosqichi axborotlarni 
moddiy tashuvchilarda uzoq saqlash usullarini yaratilishi bilan bog‘liq. Ov qilish 
va tirikchilikka xos bo‗lgan g‘ordagi tasvirlar 25-30 ming yillar avval bajarilgan. 
Oy kalendari, o‗lchov uchun turli xil kesik va belgilar 20-25 ming yillar avval 
suyaklarga o‗yib tasvirlangan. Moddiy ob‘ektlarga ishlov berish va axborotlarni 
ro‗yxatga olish vositalarini paydo bo‗lishi orasidagi davr tahminan million yillar 
atrofida hisoblanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, insonlarni axborot shakllari bilan ishlash davri 
sivilizasiya mavjudligining bor yo‗g‘i 1 %ni tashkil qiladi. Bundan abstrakt 
axborot masalalarini echish uchun axborotlarni moddiy ob‘ektlardagi tasvirlar 
ko‗rinishida taqdim etish holatlarida bir zumda inson samaradorligi ortib ketishi 
sabablari ma‘lum bo‗ladi. Bu holatda insonning sivilizasiya davrining avvalgi 99 
%ga tegishli bo‗lgan xissiyotlari sohasi ishga tushib ketadi. 
Axborot texnologiyalari rivojlanishining ikkinchi bosqichi tahminan 6 ming 
yil avval boshlangan va yozuvning paydo bo‗lishi bilan bog‘liq. Yozuv davrining 
belgili axborotlarni moddiy tashuvchilarda ro‗yxatga olish texnologiyalari bilan 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunday texnologiyalarni qo‗llash bilimlarni to‗plash 


va uzoq saqlashni amalga oshirishga imkon beradi. Bizga ma‘lumki, axborotlar 
tashuvchi sifatida tosh, suyak, daraxt, papirus va qog‘ozlardan foydalanilgan. 
Hozirgi kunda bu ro‗yxatni magnit qoplama, suyuq kristal, optik tashuvchilar va 
yarim o‗tkazgichlar bilan to‗ldirish mumkin.
Bu davrda bilimlar asta sekinlik bilan to‗planib borishi bilan birga 
axborotlarga kirish qiyinchiliklari ham mavjud bo‗lgan. Qo‗lyozma nashrlar 
ko‗rinishidagi bilimlar yagona nusxalarda saqlangan. Insoniyat ko‗nikmalari 
fondidan foydalanishlar qat‘iy alohida insonlar ixtiyorida bo‗lib, ular monopol 
holda foydalanish huquqiga ega bo‗lganlar, ayrim hollarda to‗plangan bilimlar va 
manfaatdor insonlar o‗rtasida vositachi bo‗lganlar. 
Bu to‗siq uchinchi boqichda olib tashlanib, bu 1445 yilda Iogann Guttenberg 
tomonidan yozma stanokni yaratilishi bilan bog‘liq. Kitobni paydo bo‗lishi keng 
doiradagi insonlarga axborotlarga kirish imkonini berdi va birdaniga bilimlar 
tarmog‘i bo‗yicha tizimlashtirilgan bilimlar to‗planishini tezlashtirdi. Kitob nashr 
qilishni yaratilishi – birinchi axborot inqilobi deb tan olinadi.. 
Axborot texnologiyalari rivojlanishining to‗rtinchi bosqichi 1946 yilda 
axborotlarga ishlov berish mashinalarini paydo bo‗lishidan boshlanadi. Bu mashina 
Pensilvaniya universitetida ishga tushirilgan birinchi EHM (ENIAC turidagi) 
hisoblanadi. Bu vaqtga kelib aholining katta qismi axborot sohasida band bo‗lib 
boradi. Masalan, 1946 yilda AQSHda mehnatga yaroqli aholining 30 %, 1980 
yilda - 45 %, hozirgi kunga kelib 60-70 % axborot sohasida band bo‗lgan. 
Axborot texnologiyalari rivojlanishining beshinchi bosqichi 1982 yilda ISO – 
Xalqaro standartlar tizimini ochiq tizimlar o‗zaro hamkorligi etalon modelini e‘lon 
qilinishi bilan bog‘liq. 
Hozirgi kunda egiluvchanlik, qulaylik va tashqi ta‘sirlarga moslanuvchan 
xususiyatlarga ega optimal axborot texnologiyalari boshqaruv ishlarini 
samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanib, bu texnologiyalar axborotlar 
va hisoblash texnikalari bilan malakali ishlash ko‗nikmalarini talab qiladi. 
Axborot texnologiyalari - xisoblash texnikalari vositalaridan foydalanish 
bilan tashkiliy tuzilmada axborotlarni to‗plash, olish, saqlash, ishlov berish, tahlil 
va uzatish funksiyalarini amalga oshiruvchi jarayonlar to‗plamidir yoki boshqacha 
aytganda axborotlar aylanmasi va ishlov berish hamda bu jarayonlarni yoritib 
beruvchi jarayonlar to‗plamidir. 
ATda ma‘lumotlarga ishlov berish u yoku bu usulini tanlashda boshqariluvchi 
ob‘ekt va boshqaruv tizimi bilan bog‘liq juda katta miqdordagi omillar ta‘sir etadi.
Ma‘lumotlarga ishlov berish texnologik jarayonlarini qurib olishda mumkin 
bo‗lgan variantlar soni katta ahamiyatga ega bo‗ladi. SHuning uchun bu 
jarayonlarni o‗rganish va loyihalashtirishni engillatish maqsadida jarayonlarni bir 
nechta guruhlarga ajratib olish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Bunda hisoblash tizimlarining ma‘lumotlarga ishlov berish tartiblari 
guruhlashtirishga tabiiy holda ta‘sir etadi. SHuning uchun hisoblash tizimining 
ishlash tartibi va foydalanish tartiblarini ajratish olish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Foydalanish tartibi foydalanuvchi mehnati samaradorligini oshirish bilan 
bog‘liq bo‗lsa, ishlash tartibi asosan hisoblash tizimining ish samaradorligini 
aniqlab beradi.


Ko‗p hollarda hisoblash tizimining ish samaradorligi uning ishlab chiqarish 
quvvati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarishga tizimdagi kiritish-chiqarish 
qurilmalari va markaziy prosessorning hamkorlik qila olish imkoniyatlari katta 
ta‘sir etadi. Bunday imkoniyat tizimda ko‗pdasturli ishlash tartibidan foydalanish 
imkonini beradi. Bir nechta prosessordan iborat ko‗prosessorli tizimlar ham ishlab 
chiqarish samaradorligini oshiradi. 
Hisoblash tizimining ba‘zi foydalanish tartiblarini ko‗rib chiqamiz. Ularga 
paketli ishlov berish tartiblarini kiritish mumkin (off-line, bir nechta dasturiy 
mahsulotlarni guruhlarga birlashtirish). Bu tartib uchun xisoblash tizimining 
samaradorligi va operatorning minimal aralashuvi, ammo natijani kutish uchun 
katta vaqt sarflanishi xarakterlidir. Natijani olishni tezlatish uchun paketli ishlov 
berishda tizimning paralel ishlov berish yoki vaqtni chegaralash (kvantlash) deb 
nomlanuvchi ish tartibidan foydalanish mumkin. Ya‘ni, guruhdagi har bir amaliy 
dasturga vaqt oralig‘i (kvant) ajratiladi, bu vaqtni tugashi bilan boshqaruv 
navbatdagi dasturga uzatiladi. Bu esa butun paketda ishlov berish tugaguncha qisqa 
dasturlar bo‗yicha natijalarni olishga imkon beradi. 

Download 250.72 Kb.
1   2




Download 250.72 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalaining rivojlanish bosqichlari

Download 250.72 Kb.
Pdf ko'rish