Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

elektron pochta manzili. 
Elektron manzil @ belgisi bilan ajra-
tilgan ikki qismdan iborat, ya’ni manzilgoh @ foydalanuvchi nomi. 
Elektron manzilga misol tariqasida tuit@tuit. uz, tuit@inbox. uz 
larni keltirish mumkin, bu elektron manzillar «tuit» nomli ish-
latuvchining http://mail. tuit. uz, http://inbox. uz pochta serverida 
joylashgan pochta qutisi hisoblanadi. 
xabarlarni uzatish va qabul qilish. 
Tashkil qilingan elektron 
pochta orqali boshqa elektron manzilga xat jo‘natish ketma-ketligi-
ni ko‘rib chiqamiz: dastlab, mail. ru Web sahifasi ishga tushiriladi 
va ekranda hosil bo‘lgan ishchi oynaning 
Имя 
darchasida foy-
dalanuvchi elektron manzili va 
Пароль
darchasida paroli kiritiladi 
va 
Вaйти
tugmachasi bosiladi. 
Кому
darchasiga xat jo‘natilishi 
kerak bo‘lgan elektron manzil, 
Копия 
darchasiga agar shu xat 
boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, 
Тема
darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo‘sh oyna-
ga yoziladi va 
Отправит
tugmachasi bosiladi. Agar xat to‘g‘ri 
jo‘natilgan bo‘lsa, u holda ekranda 
Успешно отправлен
yozuvi 
paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompyu ter 
xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo‘natishi mumkin. Buning 
uchun 
Прикрепит 
tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni 
jo‘natish kerak bo‘lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi. 
Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko‘rish 
uchun 
Входяшие 
buyrug‘ini tanlaydi, natijada ekranda pochtaga 


186
187
kelgan xatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda xat kimdan kelgani, ma-
vzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o‘lchami to‘g‘risida 
ma’lumotlar saqlanadi. Foydalanuvchi xatni o‘qishi uchun 
Тема
bandiga sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Ekranda xat 
mazmuni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi xatni o‘qishi va agar zaru-
riyat bo‘lsa 
Файл 

Печат
buyrug‘i orqali printerda chop etishi 
mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o‘chirish uchun dast-
lab u belgilanadi va 
Удалит 
tugmachasi bosiladi. o‘chirilgan fayl 
Корзина
ga borib tushadi. Korzinani tozalash 
Очистит корзина 
buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish