Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

78.30
a–90
ISBN: 978-9943-4198-3-4


2
3
sO‘zbOshi
O‘zbekiston Respublikasi
 
istiqlolga erishgach, mamlakatimizda 
xalq xo‘jaligining barcha sohalarida muhim va katta o‘zgarishlar 
amalga oshirildi. Ayniqsa, xalq ta’limi, madaniyat, maorif, fan 
va san’at sohasida katta muvaffaqqiyatlarga erishildi. Ilm-fanni 
rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi. Respublika-
mizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi»ning qabul qilinishi va amalga tatbiq etilishi kelajagi obod 
va ozod O‘zbekistonning buyuk dasturi bo‘ldi. Qadim-qadimdan 
buyuk Turon zaminida ilm-fanga, kutubxonashunoslikka katta 
e’tibor berilgan. Ma’mun akademiyasi, Amir Temur va temuriylar 
davrida yaratilgan kutubxonalar, Ulug‘bek rasadxonasi, Buxoro 
amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarida yaratilgan kutubxonalar va 
boshqa madaniy yodgorliklar tariximiz nishonasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi Milliy ku-
tubxonaning yangitdan jahon andozalariga mos ravishda qurib 
ishga tushirilishi davlatimiz rahbariyatining shu sohaga bo‘lgan 
e’tiborini namoyon etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning «Yuk-
sak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida: «Ajdodlarimiz tafak-
kuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimiy tosh yozuv va bitiklari, 
xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib bugungi kunda kutub-
xonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, 
ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, 
falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, 
me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho 
asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta me-


4
5
rosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan kam topiladi», – deb ta’rif 
berilgan. 
Shuningdek, dunyoning eng qadimgi dinlaridan biri – Zardushti-
ylikning muqaddas kitobi «Avesto»ning jahon madaniyati va din-
lar tarixida tutgan o‘rni beqiyos. Ularni kelajak avlodga yetkazish, 
madaniy merosni o‘rganish, avaylab-asrashda axborot-kutubxo-
nalarning roli va ahamiyati kattadir. Kitob va kutubxona hamisha 
Sharq xalqlari hayotida muqaddas xazina sifatida qadrlangan. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholiga axborot-kutubxona xiz-
matini ko‘rsatish, kitobxonlar savodxonligini oshirish, istiqlol sha-
roitida erkin fikrlash, ayniqsa, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash kabi 
bir qator masalalarni hal etishda axborot-kutubxonalarning roli 
beqiyosdir. Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2006- yil 20- iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona 
bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi № PQ–381- sonli qa
-
rori kutubxonachilik sohasida keskin burilish yasadi. Aholiga ax-
borot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish tizimi tubdan o‘zgardi. Joy-
larda axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlari 
tashkil etilib, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tuzilmasi yuksak 
pog‘onalarga ko‘tarildi. Aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojlari 
zamonaviy texnologiyalar asosida qondirilishi axborot-kutubxona 
markazlarida texnologiyalarning ta’minlanish fikrimizning yaq-
qol dalilidir. hozirgi kunda axborot-kutubxona va axborot-resurs 
markazlarining boshqaruv tizimi tubdan o‘zgarganligi kitobxonlar 
va mutaxassislar bilan ishlashda yangi bir davrning boshlanganligi 
sababli bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tizimlarini isloh 
qilish, axborot va reklama xizmatlarini tashkil etish, kadrlar tayyor-
lash, qayta tayyorlash, menejment va marketing, axborot-kommu-
nikatsion texnologiyalari bilimlarini chuqur egallagan mutaxassis-
larni tayyorlash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlar-
danoq erkin demokratik davlat barpo etish, xalqning ma’naviy 
boy va munosib hayotini ta’minlashdek ezgu maqsadni amalga 


4
5
oshirishga kirishildi. Biz tanlagan rivojlanish yo‘li jahon tajribala-
rini, shu ningdek, asrlarga tengdosh milliy an’analar, urf-odatlarni, 
an’anaviy turmush tarzini har tomonlama hisobga olib, davlat va 
jamiyatni yangilash hamda taraqqiy ettirishga yo‘naltirilgan. Dun-
yoda «O‘zbek modeli» degan nom bilan tan olingan bu yo‘l zami-
rida mujassam bo‘lgan besh tamoyil, ya’ni iqtisodning mafkuradan 
to‘la xoli bo‘lish, davlatning bosh islohotchi ekani, qonun ustuvor-
ligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqich-mabos-
qich ravishda amalga oshirish bilan bog‘liq prinsiplar hozirgi kun-
da o‘zining har tomonlama ijobiy samarasini bermoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20- iyundagi 
«Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tash-
kil etish to‘g‘risida»gi PQ № 381- sonli va 2011- yil 23- fevraldagi 
«2011–2015- yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalari 
bazasida axborot-kutubxona va axborot resurs xizmatlari sifatini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ № 1487- 
sonli qarorlari, ayniqsa, 2011- yil 13- apereldagi «O‘zbekiston 
Res publikasining axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ 
№ 280- sonli Qonunning, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah
-
kamasi tomonidan 2012- yil 25- iyulda «O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida ta’lim muassasalarida 
elektron ta’limni joriy etish Markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi 
№ 228- sonli Qarorning qabul qilinishi axborot-kutubxona soha
-
siga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotganligining 
yorqin isbotidir. 
Mustaqillikning 21 yili mobaynida mamlakatda ijtimoiy, mada-
niy va xalqaro hayotning deyarli barcha tomonlariga taalluqli ijo-
biy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga 
qo‘shilishi borasida faol va samarali qadamlar qo‘yildiki, bu ko‘p 
jihatdan mamlakat fuqarolariga axborotdan erkin foydalanish im-
koniyatlarini yaratish bilan bog‘liq. 
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivoj-
lanayotgan asrda axborot siyosati madaniy siyosatning bir bo‘lagi 
hisoblanadi. 


6
7
Butun axborot imkoniyatlari, asosan, axborot-kutubxonalarda 
yig‘ilgan bo‘lib, foydalanuvchilar shu yerning o‘zida kutubxonada 
yig‘ilgan yoki uzoqdagi axborotdan foydalanishi mumkin. Axborot 
texnologiyalari va Internetning rivojlanishi axborot-kutubxonalar-
ga o‘z resurslarini tartibga keltirish, elektron ma’lumotlar bazasini 
yaratish, elektron katalog, elektron kutubxona, axborot resurslarini 
kooperatsiyalash, ularga erkin kirib foydalanishni ta’minlash im-
konini berdi. 


6
7

Download 17,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish