MaGnitOfOnLar va uLarninG turLari




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

2. 4. MaGnitOfOnLar va uLarninG turLari
hozirgi kunda foydalanilayotgan magnitafonlarning, asosan, 
ikki turini ko‘rishimiz mumkin: 
I. Professional tipdagi magnitafonlar.
II. Maishiy tipdagi magnitafonlar.
Professional tipdagi magnitafonlar radio televizion eshittirish-
larda kinemotografiya sohasida qo‘llaniladi. Bular statsionar turda
-
gi magnitafonlar bo‘lib, maxsus xonaga montaj qilingan hamda 
malakaviy mutaxassis tomonidan boshqariladi. Texnika xavfsizligi 
vositalari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘ladi. 
Axborot-kutubxonalarda maishiy tipdagi magnitafonlardan foy-
dalaniladi. Bunday magnitafonlardan barcha bemalol foydalanishi 
mumkin. Ularning quyidagi guruhlarini ko‘rishimiz mumkin: 
1) statsionar-professional magnitofon; 
2) elektr tarmog‘idan ta’minlanadigan ro‘zg‘or magnitofoni;
3) ham batareya, ham elektr tarmog‘ida ishlaydigan magnitofon; 
4) reportyorlar magnitofoni. 
Statsionar magnitofonlar bir xonaga doimiy o‘rnatib qo‘yib 
ishlatiladi. «MAG–8–P», «MAG–59», «Tembr», «Dnepr–11», 
«Dnepr–12», «Dnepr–14» magnitofonlari statsionar magnitofon-
larga misol bo‘la oladi. 
Axborot-kutubxona muassasalarida elektr tarmog‘idan ta’min-
lanadigan, ko‘tarib yuriladigan magnitofonlar keng qo‘llaniladi. 


26
27
Maxsus maqsadlar uchun ham batareya, ham elektr tarmog‘idan 
ta’minlanadigan magnitofonlar, tranzistorli, portativ, og‘irligi 5 kg 
dan oshmaydigan magnitofonlardan foydalanish mumkin. 
Magnitofon tasma tortish mexanizmi, magnit kallaklar bloki, 
o‘chirish generatori, mikrofon, radiokarnay va yozuv sathi indikato-
ri hamda kuchaytirgichlarning elektron lampalarini ta’minlaydigan 
to‘g‘rilagichlar va h. k. dan iborat. Magnitofonda bir necha kirish 
bo‘lib, ovozni mikrofon, ovoz qabul qilgish, radiopriyomnik yoki 
televizor va radiotranslatsiya liniyasidan yozib olishga imkon be-
radi. 
Tasma tortish mexanizmining elektrodvigateli tasmani qat’iy bir 
xil tezlikda magnit kallaklari bo‘ylab tortishga hamda tasmani ik-
kala yo‘nalishda tez qayta o‘rashga imkon beradi. Elektrodvigateli-
ning yetakchi valiga rezinali qisish roligi bilan qisilgan magnit 
tasma magnit kallaklar oldidan bir xil tezlikda o‘tib turadi. U chap 
kassetadan o‘ng kassetaga o‘raladi. Qisish roligidan tashqari, yo‘-
nal ti ruv chi va tortuvchi roliklar ham bo‘ladi. Statsionar magnito-
fonlarda ikkita elektrodvigateli yetakchi valni va ikkala kassetani 
harakatga keltiradi. Ko‘tarib yuriladigan magnitofonlarda tasma 
tezligi 19,05; 9,53, 36 sm/sek

Download 17,68 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish