Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

me­
xanikaviy usul
deyiladi. Fonografning asosiy kamchiligi yozilgan 
ovoz nusxasini olish mumkin emasligidir. 
Vaqti kelib fonograf o‘rnini gramofon egalladi. Uni Emil Ber-
liner taklif qilgan. U o‘z apparatini Filadelfiya universitetida 1888- 
yilda namoyish qilgan. Bu apparatda ovoz diskka ko‘ndalangiga 
yozilgan. Bu usul grammofonda ham qo‘llanilgan. 
Taxminan 1907- yilda balandroq ovoz chiqaradigan oksstofon 
deb ataladigan takomillashgan grammofon yaratildi. Bu apparat 
ma’ruzalar paytida diapozitivlarni namoyish qilish va gramplas-
tinkalarni qo‘yishga imkon berdi. 
Ovozni mexanik yozib olish usulining rivojlanishi va takomil-
lashishi bilan, ko‘p olimlar ovozni boshqa usullarda yozishni tak-
lif qilishdi. A. F. Vishemskiy 1889- yilda jahonda birinchi bo‘lib 
ovozni yorug‘likka sezgir materialga optikaviy usulda yozib olish-
ni taklif qildi. Rus fizigi A. G. Stoletov 1888- yil jahonda birinchi 
fotoelementni yaratdi, 1900- yilda esa I. L. Polyakov fotoelement-
dan foydalanib, fotografik fonogrammadan ovozni qayta eshitti-
rishni taklif qildi. 
Sobiq Ittifoq professorlari T. G. Tager va A. F. Shorinlar 1929- 
yilda ovozni kinoplyonkaga yozib olishning yangi optikaviy usul-
larini ishlab chiqishdi. Bu usullar ovozli kino yaratish va rivojlan-
tirishga asos bo‘ldi. 


22
23
Daniya fizigi V. Paulsen birinchi bo‘lib (1898) ovozni po‘lat 
simga magnit usulda yozishni taklif qildi. Ovozni yozib olish va 
qayta eshittirishning quyidagi usullari mavjud:
1) mexanikaviy usul gramplastinkalar ishlab chiqarish usuli 
bo‘lib, hozirgi kunda bu usul o‘rniga muqobil ravishda optik kom-
pakt disklarga ovoz yozish qo‘llanilmoqda;
2) optikaviy (fotografik) usul faqat ovozli kinoda qo‘llaniladi;
3) magnit usul axborot-kutubxonalarda, radioeshittirish, ovozli 
kino, o‘quv-ilmiy tadqiqot ishlari, kundalik turmush (havaskorlar-
ning ovoz yozib olish) va h. k. da qo‘llaniladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish