• Magnit tasma.
  • OvOzni MaGnit usuLida YOzib OLish




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    2. 3. OvOzni MaGnit usuLida YOzib OLish
    Ma’lumki, ba’zi materiallar juda oson magnitlanadi va magnit 
    xossalarini uzoq muddat saqlaydi (masalan, temir va uning kremni 
    kobalt va h. k. bilan birikmalari). Ferromagnitlar deb ataladigan 
    bunday materiallar ovoz yozib olish uchun qo‘llaniladi. Demak, 
    ovozni magnit usulida yozib olish ferromagnit materiallarning 
    magnit ta’sirida magnitlanish va magnit maydonidan chiqqandan 
    so‘ng bu holatni
    saqlash xossasiga asoslangan. Binobarin, ovoz 
    magnit usulda olinganda, plyonkaning ferromagnit qatlamidagi 
    qoldiq magnitlanib hosil bo‘ladi. 
    Magnit tasma.
    Tovushni magnit tasmaga yozib olishda ovoz el-
    tuvchi sifatida atsetilselluloza, triatsetat, lavsan yoki boshqa mate-
    riallardan tayyorlangan, eni 6,25 mm va qalinligi 50 mkm bo‘lgan 
    elastik tasma qo‘llaniladi. 
    Bu tasmaning sirtiga temir oksidi yoki kobalt ferritining magnit 
    kukuni yupqa qilib surkalgan. hozirgi vaqtda ancha tasmalar, xu-
    susan, uzoq gapiruvchi, qalinligi 4,37 mkm, juda uzoq gapiruvchi 
    – 26 mkm va hatto 18 mkm li tasmalar ishlab chiqariladi. 
    Tasmaga bir ovoz (bir yo‘lli yozuv) yoki ikki ovoz yo‘lini (ikki 
    yo‘lli yozuv) yozib olish mumkin. Ikki yo‘lli yozuvda har bir yo‘l-
    ning eni 2,5 mm bo‘lib, ular orasidagi bu joy o‘zaro xalaqitlarga 


    22
    23
    yo‘l qo‘ymaydi. har bir ovoz yo‘li 
    magnit fonogramma
    deb ata-
    ladi. 
    Sanoatimizda magnit tasmalarning bir necha tipi ishlab chiqa-
    rilgan. 
    1-tip tasmaga ovoz katta harakat tezligida yozib olinadi. Bunday 
    tasma faqat professional maqsadlarda ishlatiladi. havaskorlar sez-
    girligi 1-tip tasmadan yuqori bo‘lgan 2- va 6- tip tasmalarni ishlati-
    shadi. Aytilgan tasmalarning asosi diasetatdan iborat. 
    Asosi diasetatdan iborat 9- tip va asosi lavsandan iborat 10- tip, 
    asosining qalinligi 37 mkm li tasmalar ishlab chiqarila boshlandi. 
    Ko‘pincha, sobiq GDR da tayyorlangan C, CN va CR tipdagi mag-
    nit tasma ham ishlatiladi. C tasma bizdagi 1- tip, SN tasma 2- tip, 
    CR tasma 6- tip tasmamizga to‘g‘ri keladi. 
    Magnit tasma polistirol kasseta (g‘altak)ga 500–350, 250, 180 
    va 100 m qilib o‘raladi. 
    1- rasm.

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish