20
21
Fransuz Sharl Kro (1842–1888) birinchi bo‘lib ovozni yum-
shoq materialdan qilingan diskka ariqchalar tarzida yozib olish va
qay ta eshittirishni taklif qildi. Qayta eshittirishda membrana bilan
bog‘langan igna ariqchada harakatlanishi va tebranishlar mem-
branaga uzatilishi, u esa havoni tebratib, rupor orqali atrofga tarqa-
tishi kerak edi. Lekin Sh. Kro amalda bunday apparatni kashf qila
olmadi.
Mashhur amerika elektrotexnika kashfiyotchisi T. A. Edison bi
-
rinchi bo‘lib (1877) ovozni yozib oldi va qayta eshittirdi. U fono-
grafni ixtiro qildi. Unda ovoz mum valikka yozilar edi (chuqur
yozuv). Ovozni qayta eshittirishda fonograf ignasi aylanib turgan
valik ariqchalarida harakatlanib, membrana va rupor yordamida
ovozni qayta eshittiradi. Ovozni yozib olishning bunday usuli