30
31
mikrofonlarni «petlichka» deb atashlari bejiz emas. Ular jurnalist
yoxud teledastur qatnashchisi kiyimining yoqasiga joylashtiriladi.
Ishlab chiqaruvchilar mikrofonning kiyim bilan ishqalanishidan
keraksiz ovoz chiqmasligi uchun ularning ovozni ushlab olish
yo‘nalishini teskari qilib yasashadi.
6- rasm.
«petlichka» mikrofonlari.
Elektrostatik mikrofonlarning ikkita kamchiligi bo‘lib, uning
narxi balandligi va doimiy ravishda tokdan oziqlanishi lozimligidir.
Aytish joizki, mazkur mikrofonlarni ilk marotaba tok manbayidan
oziqlantirayotganda uning ovoz traktida nazorat qilib bo‘lmaydigan
amplituda ko‘tarilishini kuzatish mumkin.
Shuning uchun ham mikrofon batareyasini almashtirayotganda
yoki tokka ulayotganda oziqlanish manbayini eng kam darajaga
tushirish lozim.
Albatta, mikrofonlarni ishlatayotganda uning boshiga paralon
qalpoqchani kiygazish zarur. U «p» hamda «s», «z», «j» tovushla-
rining jaranglab chiqishining oldini oladi.