Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

elektron kitoblar.
CD ROM rusumidagi katta hajmli uncha qimmat bo‘lmagan 
xotira qurilmalarining mavjudligi tufayli elektron kitoblarning 
paydo bo‘liga imkoniyat yaratdi. Elektron kitob atamasi sahifalari 
displey ekranida tasvirlanadigan yangi rusumdagi kitobni anglata-
di. Boshqacha aytganda, bu axborot interaktiv tizimi foydalanuvchi 
(o‘quvchi) uchun sahifama-sahifa tashkil etilgan axborotga kirish-
ni ta’minlaydi. 650 Mb sig‘imli kompakt disk axborotning quyida 
keltirilayotgan hajmlaridan birini yozishga imkon beradi:
– Ag formatdagi matnning w 00 000 sahifasi;
– g‘ 0. 000 grafik rasmlar;
– g‘. 000 televizion statik tasvirlar;
– q 0 soniya videotasvir;
– 1x soat o‘rtacha sifatli tovush. 
Elektron kitob sahifalaridagi axborot uch xil bo‘lishi mumkin: 
estetik (kitobning «yoqimli» ko‘rinishini belgilovchi va uning 
o‘quv chiga ta’sirini kuchaytiruvchi), axborot (kitob mazmunini 
ochib boruvchi) va nazorat (piktogramma, ikona, dialogli darcha-
lar, dinamik menyu va hokazolar ko‘rinishida taqdim etilgan mate-
rial). 
Elektron kitoblarni to‘rt sinfga bo‘lish mumkin; qomusiy, ax-
borot, o‘qituvchi va imtihon oluvchilarga mo‘ljallangan kitoblar. 


48
49
Elektron kitoblarning birinchi xili muayayn mavzu bo‘yicha 
ulkan hajmdagi axborotni o‘zida saqlaydi. Crolier Enceclope-
dia, Comptons Multi media Enseklopedia, Mikrosoft Bookshelf 
va boshqa shu kabi mashhur mahsulotlarni misol sifatida keltirib 
o‘tish mumkin. 
Elektron kitobning ikkinchi xili birinchisiga o‘xshamaydi, biroq 
bu kitoblarda saqlanuvchi axborot unchalik keng emas va maqsad-
ga yo‘naltirilgan xususiyatga ega. Masalan, Oxford Textbook of 
Medicine on Compact Disk, Elsevie’s Aktive Library on Corrosion 
va boshqalar. 
Uchinchi xil elektron kitoblar amaliyotda ko‘p tarqalgan va 
ta’lim jarayonida, bolalar bog‘chalarida (masalan, Broderburd’s 
Living Book) hamda o‘qishdan keyingi malaka oshirish kurslari-
da foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur kitoblar badiiy 
asarlarni o‘zida saqlashi mumkin (masalan, herman Melville’s 
Moby Dick, Gustave Flaubert’s Madame Bovary, Michael Crich-
torrs Jurassic Park, Adam hitchhiker’s Guide to Galaxy). 
To‘rtinchi xil kitoblarda uch muhim komponent: masalalar 
(vazifalar) banki, testlash va javoblar moduli, tahlil va baholash 
uchun o‘quvchi javoblaridan foydalanuvchi ekspert tizimi mavjud. 
Bu turdagi multimedia tizimlarga keltirilgan English Plantinuirmah 
bir lavhani keltirish mumkin. 
Yuqorida keltirilgan elektron kitoblar tasnifi yagona emas. Ma
-
salan, elektron kitoblarda saqlavuvchi axborot turi: matnli kitoblar, 
statik rasmlar berilgan kitoblar, harakatlanuvchi rasmli kitoblar, 
«gapiradigan» kitoblar, multimedia kitoblar, gipermedia kitoblar, 
va kibernetik kitoblarga ko‘ra tasnif qilish taklif etilgan edi. 
Aftidan, faqat keltirilgan tushunchalardan ayrimlarigina qo‘-
shimcha sharhlashga muhtoj. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish