46
47
pyuterlashtirish uchun (reklama, mijozlarga xizmat ko‘rsatish), ax-
borot markazlarida, axborot-kutubxona muassasalarida va hokazo-
larda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Bilimlarni chuqirlashtirishda, o‘qish muddatini qisqartirishda
va bir o‘qituvchiga tinglovchilar sonini oshirishga imkon beruv-
chi kompyuterli dars beruvchi multimedia tizimlari alohida o‘rin
egallaydi. Kompyuterli dars berish tizimlari axborot izchil ravishda
taqdim etiladigan videokassetadagi kurslarga qiyoslaganda kuchli
tarmoq imkoniyatlariga ega va tinglovchilarni qiziqtirgan mavzuga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur
tizimlar bilimlarni o‘zlashtirish va ko‘nikmalarga ega bo‘lish ja-
rayonlarini baholash va nazorat qilishning samarali vositalari bilan
jihozlangan.