3. 4. MuLtiMedia tYuMLarininG
texniK ta’MinOti
Multimedia personal computer (Mpc) standarti.
Kompyu-
terlarda grafikli va ovozli fayllarni saqlash uchun CD ROM dis
-
kovodlarining qo‘llanilishi kompyuter tizimi unumdorligiga nis-
batan ma’lum talablarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. CD ROM dis-
kovodida audio axborotni yozish va uni audioadapter orqali kiritish
ham chiqarish – bu multimedia (MRS) uchun mo‘ljallangan shaxsiy
kompyuterga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan ikkita majburiy shartdir.
10- rasm.
cd rOM axborot
to‘plagichi.
cd rOM axborot to‘plagichi.
Gramplastinkalarga muqobil si-
fatida yaratilgan optik kompakt
disklar (CD
:
ROM – compact
disk read) bu turdagi axborot
tashuvchilarni qo‘llashiing yan-
gi imkoniyatlarini ochib berdi.
hozirda kompakt disk proigriva-
tellar maishiy va sanoat appa-
raturalarida audio eshittirishda
keng qo‘llaniladi.
Endilikda CD ROM to‘plagichlar shaxsiy kompyuterda o‘z
o‘rniga ega.
Kompakt disk – bu axborot saqlashda qo‘llaniladigan shaxsiy
kompyuter (ShK) hajmi uchun standart plastik disk. Axborotlar
raqamli kod bilan kodlanadi va diskning orqa tomoniga ko‘z ilg‘a-
mas ko‘rinishda joylashtiriladi. Bunda disk yuzasi bilan mexanik
kontakt aloqa yo‘q, uning ishlash muddati katta, boshqa axborot
saqlash vositasiga qaraganda esa noto‘g‘ri ishlash hollari kam.
44
45
hozirda kompakt disklarda bir
qancha turdagi amaliy dasturlar
mavjud. Ularning ichida ilmiy axborot va jurnal maqolalari, ko‘p
jildli texnik bayonlar, moliyaviy hisobotlar to‘plangan ma’lumotlar
bazasini
topish mumkin.
Tashuvchi mashinalardagi hujjatlarga endi tayyor rasmlar, matn-
lar, audio yozuvlar, videofragmentlarni kiritish ancha oson. Multi-
media qomuslar, elektron xaritalar va o‘rgatuvchi tizimlardan foy-
dalanish mumkin. CD ROM to‘plagichlarning yagona kamchiligi
– bu qattiq disklarga nisbatan sekin harakatlanishidir. CD ROM
to‘plagich turli interfeyslarga ega bo‘lishi mumkin. Interaktiv kom-
pakt disk CD-I texnologiyasi bo‘yicha interaktiv multimedia ax-
borotini tashuvchilar – bu hozirgi vaqtdagi audio va video qurilma-
lardir. Ular matnli va grafik axborotni ishlab chiqish imkoniyatini
kengaytiradi. Bu holatda mazkur turdagi axborotga mo‘ljallangan
kompyuter dasturlaridan keng foydalanish nazarda tutiladi.
CD-I texnik nuqtayi nazardan CD ROM texnologiyasiga asos-
langan, ammo iste’mol mahsuloti nuqtayi nazaridan u CD-DA
texnologiyasidan foydalanadi.
CD-I texnologiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega:
– multimedia ilovani bitta interaktiv diskda foydalanish. U turli
xil vositalar bilan ta’minlangan;
– kompakt disklarning mavjud ishlab chiqarish vositalaridan
foydalanish;
– diskli tizimlarning mos kelishi.
CD-I texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan kompakt disklar qu-
yi dagi sohalarda qo‘llaniladi:
– ta’lim va tayyorlov (masofadan turib o‘qitish va ma’lumotnoma,
albom va kitoblar yordamida mustaqil o‘qish);
– dam olish: musiqa (musiqa matnlari, nota, rasmlar bilan birga),
harakatlanuvchi o‘yinlar, o‘yin davomida o‘rgatish;
– dam olishni tashkil etish (chizish va rasm solish, filmlar yara-
tish, she’rlar yozish);
– sayohat (xaritalar, navigatsiya uchun qurilma, sayyohlik haqi-
da axborot, diagnostika va hokazo).
|