38
39
Barkamol avlodni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishi-
da, malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda o‘z hissasini
qo‘shmoqda.
Multimedia – bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik
ko‘rinishiga ega bo‘lgan audio va video
axborotlardan foydalanish
bilan bog‘liq sohadir.
Multimedia (multimedia – ko‘p muhitlik) vositalari bu apparat
va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan
juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, ani
-
matsiya va boshqalardan foydalangan holda kompyuter bilan mu-
loqot qilish imkonini berdi. Multimedia foydalanuvchiga fantastik
dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni
ochib beradi, bunda foydalanuvchi u yerda avj olayotgan hodisa-
larda faol ishtirok etadi, shu
bilan birga, muloqot foydalanuvchi
uchun birinchi navbatda, tovushli va video obrazlar tilida bo‘lib
o‘tadi.
9- rasm.
Multimedia vositalari.
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni au-
dio – (nutqli) va video kiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori si-
fatli tovush (sounol) va video platalar, videoqamrash platalari (vide
grabber) ular videomagnitafondan yoki videokameradan tasvirni
40
41
oladi va uni kompyuterga kiritadi. Yuqori sifatli kuchaytirgichli,
tovush kalonkali, katta video ekranli akustik
va video qabul qiladi-
gan tizimlar, hozirgi kunda keng tarqalgan skanerlar (kompyuterga
bosma matnlar va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi);
printer va plotterlar – bularning hammasi multimedia vositalari
asosini tashkil etadi.
Multimedia vositalari yuqori ishonchli, ko‘pincha tovushli va
video ma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqam-
li video disklardagi katta sig‘imli tashqi
eslab qolish qurilmalarni
ham kiritish mumkin. Ixcham kompakt disklarning (CD) narxi ular
ommaviy ko‘paytirilganda qiymati emas, ularning katta sig‘imi 650
Mbayt va undan yuqori. Multimedia vositalarida axborot manbala-
rining turli xil texnik axborot kanallaridan olish va uzatish mumkin.
Multimedia – gurkirab rivojlanayottan zamonaviy axborotlar
texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar ki-
radi:
– axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, be-
zaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan par
-
chalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy
mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘y-
xatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon,
audio tizimlar, optik kompakt disklar,
televizor, videomagnitofon,
videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda
kompyuter boshqaruvida bajariladi;
– muayyan vaqtdagi ish: o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn
va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqt
-
ning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborot-
larni kompyuterda qayta ishlatish va aks ettirish uchun markaziy
protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining
o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video xotira, katta sig‘imli
tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm
va kompyuter kirish-chiqish
kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshi-
rilishi talab etiladi;
– «inson–kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi:
40
41
bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har to-
monlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki
dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga
ta’lim berish va
kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dol-
zarb masalalaridandir. Multimedia – bu informatikaning dasturiy
va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va ani
-
matsiya (obyektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv
materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan
holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish
quyidagi
afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z-
lash tirish imkoniyati bor;
b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish
ishtiyoqi yanada ortadi;
d) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida vaqtni tejash im-
koniyatiga
erishish;
e) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak
bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
O‘quvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida
zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanish kela-
jakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptirishga
katta yordam beradi.